Talabalar birlashmasi 2019-11-10T23:56:14+00:00

Kamronbek Baxtiyorov

Yodju texnika instituti Talabalar uyushmasining sardori.

Talabalar uyushmasi rahbarining vazifasi:
– Talabalar bo’limi bilan birgalikda Talabalar uyushmasi faoliyatining rejasini ishlab chiqadi;
– Talabalar uyushmasi majlislarini chaqiradi;
– Institut talabalari manfaatlarini himoya qiladi;
– Talabalar uyushmasi majlislarida raislik qiladi;
– Talabalar uyushmasi qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi;
– Talabalar uyushmasi qarorlarining bajarilishini tashkil qiladi;
– Talabalar uyushmasi majlislari bayonnomalarini tasdiqlaydi;
– institutning jamoat hayotida ishtirok etadi

Mixliyev Xurshid

Talabalar Uyushmada vitsa-lider

Mashhur biznesmen va taniqli odamlar bilan uchrashuvlar tashkillashtiradi va ingliz tilida Omma oldida nutq so’zlash va ingliz tilida sozlashuv clublariga liderlik qiladi
Shuningdek, yana qobilyatli talabalarni o’zlarini biznes g’oyalarini rivojlantirishda yordam beradi.

Atajonova Shaxrizoda

Dam olish va ko’ngil ochish sektori.

Ko’ngilochar tadbirlar bo’limining asosiy maqsadi, talabalaning hayotini zavq bilan quvvatlantirish, hamda turli xil madaniy va ma’rifiy, bayram tadbirlarini tashkillashtirish orqali talabalar hayotini yanada mazmunli qilish. Bo’lim yetakchisi talabalar bo’limi bilan hamjihatlikda tadbirlar ish rejasini tuzish va iqtidorli talabalarni birlashtirish bilan doimo mehnatda.

Gapparova Sabina

PR

Talabalar bilan ishlash bo’limi bilan hamkorlikda talabalar uyushmasi PR strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, maqolalar yozish, matbuot anjumanlari va prezentatsiyalar, PR faoliyati rejasi va media-rejani tuzish, amalga oshirilgan tadbirlar samaradorligini tahlil qilish va baholash.

Anvarova Madina

Talabalar uyushmasining akademik sardori

Men ikkinchi kurs talabasiman va yo’nalishim – Turizm. Ingliz, koreys va rus tillari kabi chet tillariga qiziqaman. Men barcha fanlardan yaxshi baholarga ega bo’lganim sababli, men o’quvchilarga o’qishda yordam berishni xohlayman, ya’ni har safar imtihon oldidan tayyorlanmoqchi bo’lganlar uchun qo’shimcha darslar tashkil qilaman. Shuningdek, men o’qish paytida o’z guruhim bilan notiqlik klublari va ommaviy ma’ruzalarni tashkil qilaman. Ushbu institut obro’si uchun barcha talabalar har tomonlama rivojlantirilishi kerak, bu bizning kelajagimiz uchun astoydil mehnat qilishimiz kerakligini anglatadi!

Azizxonova Mohiraxon

Talabalar muammolari bilan ishlash sektori sardori.

Azizxonova Mohiraxon “Business Management Administration” yo’nalishining 2-kurs talabasi. U Students problems sektorining yetakchisi etib saylangan. Uning o’zi aytganidek: “Yetakchi sifatida mening asosiy vazifam talabalar va ma’muriyat (xodimlar) o’rtasida ko’prik bo’lib xizmat qilishdir. Talabalarni birlashtirish, talabalar manfaatlarini himoya qilish va tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash orqali mojarolar yoki savollar paydo bo’lganda muammolarni hal qilishga yordam berishdir”

Sadikov Afzalbek

Media sektorining yetakchisi.

Kontent yaratish, tadbirlarni foto video orqali yetkaib berish uchun javobgardir. Institut hayotidagi voqealarni yoritish. Yaxshi jamoaga ega, media sohasiga qiziqqan talabalarga yordam beradi va rag’batlantiradi.

Xamrakulov Fazliddin

Dizayn yo’nalishi yetakchisining vazifalari:

– Ijtimoiy media dizayni
– Logotiplar dizaynini ishlab chiqish
– San’atga qizziqan talabalarni qo’llab quvvatlash
– Tatbirlar dizayni bilan shug’ulanish
– Turli postlar joylashtirish
– Institutning jamoat hayotida ishtrok etish
– Tadbirlar va badiy ko’rgazmalar o’tqazish

Mijit Safura

Xotin-qizlar kengashi sektori yetakchisi

Mijit Safura, Arxitektura va shahar dizayni yo’nalishining ikkinchi bosqich talabasi, Ladies Community ning yetakchisi etib saylangan. Safuraning o’zi ta’kidlaganidek: “Qo’mitani tashkil etishdan ko’zlangan asosiy maqsad qizlarni va ayollarning ijtimoiy o’zgarishlarni amalga oshirishdagi faol ishtirokini ta’minlash, ularning huquqiy bilimlarini oshirish, qonuniy huquqlarini himoya qilish, jamiyat hayotida faollikni ta’minlash, sog’lom turmush tarzi bo’yicha tushuntirish ishlari, yoshlarni turli salbiy oqimlardan himoya qilish, ularning ma’naviyati va axloqini yaxshilashdir.

Abdurashid Umarov

Studentlar uyishmasining Media sektorini a’zosi

Studentlar uyishmasining nomini oshirish uchun chiroyli va haqiqiy videolar yaratadi. Studentlar bilan do’stona tarzda ishlay oladi va studentlar bilimini oshirish uchun motivatsiya bera oladi.
Mening shiorim “Ideal bo’lish sizni maqomingizni boyitishga majbur qilishi mumkin”