Koreyada ta’lim 2019-12-23T17:31:51+00:00

Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida

Ikki tomonlama diplom berish dasturi

     Toshkent shahridagi Yodju texnika institutining (YTIT) Institut rektori J.Kudaybergenov boshchiligidagi delegatsiyasi oliy taʼlim muassasalari oʼrtasidagi taʼlim almashinuvi dasturlarini kengaytirish maqsadida 2019 yilning 25 noyabridan 4 dekabriga qadar xizmat safari bilan Koreya Respublikasida boʼldi. YTIT va Koreya Respublikasining bir qator oliy taʼlim muassasalari, jumladan, Xanyang universiteti (Hanyang University Erica Campus), Choson universiteti (Choson University), Chondju universiteti (Jeonju University) va Chungchong universiteti (Chung Cheong University) bilan hamkorlik kelishuvlari imzolandi. Shuni taʼkidlab oʼtish joizki, Xanyang universiteti (Hanyang University) Koreya Respublikasining eng yaxshi 10 ta universitetlari qatoriga kiradi.

     Imzolangan kelishuvlarga asosan, YTIT talabalari nafaqat Yodju texnologiya institutida, balki, yuqorida nomlari keltirilgan Koreya Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida 2+2 modeli asosida Ikki tomonlama diplom berish va 2+1+1 modeli asosida taʼlim almashinuvi dasturlarida ishtirok etish imkoniyatini qoʼlga kiritdilar.

     Shu bilan birga, mazkur dasturlarda ishtirok etish uchun barcha talablar va shartlarga rioya qilingan holda, talabalar tegishli taʼlim dasturlari boʼyicha oʼqishlarini davom ettirishlari yoki Koreya Respublikasining yuqorida nomlari keltirilgan oliy taʼlim muassasalarida taʼlim almashinuv dasturlarida qatnashish imkoniyatiga ega boʼladilar. 2+2 modeli asosida Ikki tomonlama diplom berish dasturida qatnashgan va uni muvaffaqiyatli tamomlagan taqdirda, talabalar YTIT va Koreya Respublikasining tegishli oliy taʼlim muassasasi diplomiga ega boʼladilar.

     TOPIK (3) va IELTS (7.0) til bilish sertifikatiga ega boʼlish, fanlar boʼyicha akademik qarzdor boʼlmaslik va GPA (Grade Point Average) darajasi 3,0 dan past boʼlmasligi, Koreya Respublikasidagi oliy taʼlim muassasasida oʼrnatilgan oʼqish uchun toʼlovni amalga oshirish – mazkur dasturlarda ishtirok etishning asosiy talablari hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda, YTIT talabalari uchun Koreya Respublikasida oʼqish uchun toʼlovlardan chegirmalar koʼzda tutilgan. Chegirmalar berish shartlari oʼqish boshlanguniga qadar muhokama qilinadi.

      Bundan tashqari, imzolangan kelishuvlarga asosan professor-oʼqituvchilar uchun ham malaka oshirish va taʼlim almashinuvi dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlari mavjud.

      Imzolangan shartnomalarning oʼz vaqtida ijrosini taʼminlash, talabalar va professor-oʼqituvchilarni mazkur dasturlarda ishtirok etish shartlari bilan tanishtirish maqsadida Xanyang universiteti (Hanyang University Erica Campus), Choson universiteti (Choson University), Chondju universiteti (Jeonju University) va Chungchong universiteti (Chung Cheong University) vakillarining YTITga tashrif buyurishlari rejalashtirilgan.

      Yuqorida nomlari keltirilgan Koreya Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining vakillari tomonidan 2019 yilning 19-20 dekabr kunlari taqdimot va konsultatsiya oʼtkaziladi. Taqdimotlar kuniga 3 marta oʼtkaziladi (soat 10:00 va 16:30 da oʼzbek tiliga tarjima bilan, soat 14:00 da rus tiliga tarjima bilan). Kunning ikkinchi yarmida oliy taʼlim muassalari vakillari tomonidan Institut binosining 1-qavatida talabalar va professor-oʼqituvchilar uchun individual konsultatsiyalar oʼtkaziladi.

     Mazkur tadbirlarda barcha qiziquvchilar ishtirok etishlari mumkin.

     2+2 dasturi uchun onlayn ariza to’ldirish

                                                                                                        




“Koreya Respublikasining nufuzli universitetlariga kafolatli qabul” Dasturi

Dasturda kimlar ishtirok etishi mumkin?

  • 2018 va 2019 yil bitiruvchilari (maktab, litsey va kollejlar)

Oʼqish davri

  • 40 hafta, 1200 soat (dushanbadan jumagacha – kuniga 6 soatdan)

Talabalarni tanlab olish shartlari

  • TOPIK 3 darajasi boʼyicha imtihon topshirish yoki til kurslarida 4 bosqichdan oʼtish

Talabalarni tanlab olish davri va talabalar soni

  • Bir yilda 2 marta, har yili 150 nafar talaba

Taʼlim jarayoni Koreya Respublikasi taʼlim tizimi asosida, Hanyang University professor-oʼqituvchilari tomonidan va oʼquv materiallari boʼyicha olib boriladi. Koreya Respublikasining nufuzli universiteti Hanyang University ga kafolatli qabul qilinadi.

Kelajagingizni biz bilan birga quring, chunki Sizning muvaffaqiyatingiz bizning muvaffaqiyatimiz!

“Hanyang University (HYU)”

 

“Hanyang University” universiteti:

Hanyang University (HYU) – Koreya Respublikasidagi xususiy oliy taʼlim muassasi hisoblanadi. Universitet tarixi 1939 yildan boshlangan. Hanyang University Seul shahrida joylashgan shaharcha tipidagi kampusga ega.

Universitet reytingi. Shubhasiz, mamlakatning eng yaxshi universitetida tahsil olish koʼplab abiturientlarning orzusi, Hanyang University haqli ravishda Koreya Respublikasining eng yaxshi 10 ta universiteti qatoriga kiradi. Universitet dunyodagi eng mashhur va nufuzli 5 % oliy taʼlim muassasalaridan biridir. Hanyang University “Sanʼat va gumanitar fanlar”, “Muhandislik va texnologiya”, “Hayotiy fanlar va tibbiyot”, “Tabiiy fanlar”, “Ijtimoiy fanlar va menejment” yoʼnalishlardagi erishgan yutuqlari boʼyicha xalqaro nufuzga ega. Universitet taʼlim sifati boʼyicha dunyodagi 300 ta eng yaxshi universitetlar roʼyxatiga kiradi. Mazkur universitetni Koreya Respublikasidagi va dunyodagi ish beruvchilar orasida eng obroʼli universitetlardan biri deb atash mumkin.

Universitet tarkibi. HYU 24,000 dan ortiq talaba tahsil oladigan yirik universitet hisoblanadi. Mahalliy abiturientlar bilan bir qatorda universitetga xorijiy abiturientlar ham hujjat topshirishlari mumkin. Tahsil olayotgan talabalarning 8 nafaridan 1 nafari xorijiy talabalar hisoblanadi. Universitetda 3 mingdan ortiq professor-oʼqituvchilar faoliyat olib boradi. Oʼqish davomida talabalar uchun taʼlim almashinuvi dasturlarida ishtirok etish imkoniyati mavjud. Universitet talabalari haqida universitetning Facebook, Linkedin, Twitter, Youtube ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari orqali tanishish mumkin.

Universitet infratuzilmasi. Talabalar uchun universitet kutubxonasi mavjud. Talabalar uchun universitet kampusida joylashgan talabalar yotoqxonasida yashash imkoniyati mavjud. Universitet Korean Association of Foreign Student Administrators(KAFSA) guruhi bilan bir qatorda, Korea Association of Information Yeducation (KAIE), Global Yengineering Yeducation Yexchange (Global Ye3), Conference des recteurs yet des principaux des universite du Quebec (CREPUQ) kabi assotsiatsiyalar tarkibiga kiradi.

Batafsil maʼlumot uchun:

(95) 478-40-40, (95) 479-40-40

studyinkorea@ytit.uz

Ishtirok etish uchun formani to’ldiring