Kafedralar 2019-11-11T16:51:04+00:00
Ingliz tili kafedrasida ikkita kurs mavjud bo’lib, ular birinchi kurs talabalari uchun Ingliz tili (haftasiga 4 ta kredit, ikki semestr) va Turizm fakulteti, ikkinchi kurs talabalari uchun IELTS (haftada 2 ta kredit, ikki semestr) kurslaridan iborat.
Kafedrada 20 nafar o’qituvchi ish olib boradi va ularning 13 nafari asosiy o’qituvchilar va 7 nafari soatbay kelishuvi asosida faoliyat yuritadilar. Kafedra o’qituvchilari orasida mahalliy va xalqaro institutlarning (O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Webster universiteti) magistrlari, shuningdek chet elda (Buyuk Britaniya, Latviya, AQSh) tahsil olgan professor o’qituvchilar bor. Kafedra o‘qituvchilari orasida Buyuk Britaniya, Ispaniya, AQSh, Tailand, Saudiya Arabistoni, va Xitoy kabi bir qator mamlakatlarda ishlagan xalqaro o’qituvchilar bor. Kafedra xodimlari doimiy ravishda konferensiyalar, mahorat darslari va onlayn treninglarda ishtirok etish orqali o’z ustlarida ishlab, malaka oshirib kelmoqdalar.

Talabalarga PBL (loyiha asosida o’qitish) metodini qo’llagan holda ta’lim beriladi va o’zlarining ixtisosliklari bilan bog’liq bo’lgan vazifalar berib boriladi (sayohat broshyuralari, biznes-reja tuzish va binolar dizayni taqdimoti).

Dars davomida talabalar o’z fikrlari va g’oyalarini ifoda etishlariga ko’mak beriladi va talabalar sinf mashgúlotlari davomida video va audio materiallarga guruhlarga bo’linib yoki juftlik tarzida fikr bildirilib boradilar.

Kafedrada talabalarga sifatli ta’lim berish uchun zamonaviy usul va yondashuvlar qo’llaniladi. Turli xil texnik yondashuv va usullar, jumladan, sahna ko’rinishlari va simulyatsiyalar, baxs va munozaralar tashkillashtiriladi. Darslar davomida talabalarning nafaqat til o’rganish ko’nikmalari va tanqidiy fikrlash qobiliyatlari, balki hamjixatlikda ishlash yoki muammolarni yechish kabi ko’nikmalar ham rivojlantiriladi.

Shu bilan birglikda Ingliz tili kafedrasi qoshida til ko’nikmalarini rivojlantirish maqsadida darsdan tashqari mashg’ulotlar ham olib boriladi (Writing Club, Movie Club) va ingliz tilida musobaqalar tashkillashtiriladi.

O’qituvchilar:
Kasimova Dilrabo
Eldorjon Nabiyev
Tovmasyan Elina
Graeme Medd
Abuova Janar
Nabieva Mokhiba
Nagmatova Marjona
Ataniyazova Nargiz
Nodira Musakhodjaeva
Shaumarova Nargiza
Payzieva Risolatkhon
Daukaeva Sevinch
Surayyo Ibragimova
Meliyeva Sabina

Institut rektorining 2019 yil 12 iyundagi 63-sonli buyrug’iga muvofiq Toshkent shahridagi YoDJU texnika institutida o’quv jarayonini samarali tashkil etish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida «Rus til» kafedrasi tashkil etildi.

«Rus tili» kafedrasi Toshkent shahridagi YoDJU texnika institutining asosiy o’quv va ilmiy tarkibiy qismi hisoblanadi.


Kafedra O’zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasining ta’lim sohasida amaldagi qonunlari, Ta’lim va fan vazirligining me’yoriy-huquqiy hujjatlari, oliy o’quv yurtlari Ustavi, nizom va buyruqlari, institut rektori, dekani, ilmiy kengashi va kafedraning nizomiga ko’ra o’z faoliyatini yurutadi.Kafedraning asosiy vazifalari: – ta’lim standartlariga muvofiq yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash; – sifatli nazariy va amaliy bilim berish; – o’quv va tarbiyaviy ishlarni yuqori saviyada tashkil etish va amalga oshirish;- talabalar bilan ma’naviy tadbirlarga tayyorgarlik ko’rish; – kafedra yo’nalishi bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish; – kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishdan iborat.Kafedraning asosiy faoliyati kafedra yig’ilishlarida muhokama qilinadi. Kafedra ishlari yillik rejaga muvofiq o’quv- uslubiy, ilmiy  va boshqa turdagi ishlarni amalga oshiradi. Ushbu rejalarni amalga oshirish jarayoni  va kafedra  faoliyatining boshqa masalalari muntazam ravishda kafedra mudiri va professor-o’qituvchilar ishtirokida kafedra yig’ilishlarida muhokama qilinadi.

Kafedraga pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Berdiyeva Mukarrama Anvarovna rahbarlik qiladi.

Kafedrada 1 nafar pedagogika fanlari doktori, professor, 7 nafar katta o’qituvchi va 1 nafar o’qituvchi faoliyat ko’rsatmoqda. Kafedrada “Rus tili” fani ta’lim o’zbek, rus va ingliz tilida olib boriladigan guruhlarda o’qitiladi.
Darslar birinchi kurs talabalari uchun tasdiqlangan ishchi dastur (Syllabus) bo’yicha, o’rnatilgan jadval asosida amaliy mashg’ulotlar shaklida olib boriladi. Kafedra o’qituvchilari tayyorlagan o’quv materiallarini Moodle tizimiga joylashtiradi.

Kafedra o’qituvchilari darslarda “Rolli o’yin”, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Sinkwein”, “Qor to’pi”, “BBB”, guruhlarda ishlash kabi zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlardan samarali foydalanadilar.

Kafedra o’qituvchilari talabalarning nutq ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish bo’yicha, shuningdek rus va xorijiy adabiyot namoyandalari asarlarini o’rganish bo’yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar olib boriladi.

Kafedrada ilmiy-amaliy konferentsiya, seminar-trening o’tkazish va rus tilini o’qitish metodikasiga oid SCOPUS va impact faktori yuqori bo’lgan ilmiy jurnallarda maqola va tezislar nashr etish rejalashtirilgan.
Kafedra 2020 yil 27 martda “Filologiyaning zamonaviy muammolari va tillarni o’qitish metodikasining nazariy va amaliy masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasini o’tkazish va xorijiy ekspertlarning ushbu konferentsiyaga taklif qilishni rejalashtirdi. Anjuman materiallari ilmiy maqolalar va tezislar to’plamida nashr etiladi.
Kafedrada hujjat va topshiriqlarni o’z vaqtida tezkor hamda sifatli tayyorlash va bajarish uchun papka – reestrlari shakillantirilgan.

RUS TILI KAFEDRASI BO’LIMI MUDIRI: BERDIYEVA MUKARRAMA ANVAROVNA

Ushbu sahifa tahrirlanmoqda

Ushbu sahifa tahrirlanmoqda

Ushbu sahifa tahrirlanmoqda

Ushbu sahifa tahrirlanmoqda

Turizm ta’lim yo’nalishidagi Turizm  kafedrasi 2019 yilda Yodju texnika institute rektori buyrug’i asosida tashkil topildi. 2019 yil Sentyabr oyidan boshlab  M.I.  Isakdjanova mudirlik faoliatini olib bormoqda. 2019-2020 o’quv yilida kafedra bakalavr yo’nalishi 2-kurs talabalariga  “Introduction to Tourism”, “Culture Tourism”, “Image making”, “Tourism Law” va “Tourism Document Processing”, “Tourism Marketing”, “ Introduction to Hotel sevice” kabi 11 ta fanlarning 3 tilda: ingliz,  rus va o’zbek tillarida olib borililishini ta’minlamoqda. Hozirda Turizm kafedrasida jami 11 nafar o’qituvchi-pedagoglar bo’lib, nufuzli institute va chet el universitetlarida tahsil olgan magistrantlar, fan doktorlari hisoblanadilar. Shulardan 3 nafari asosiy shtatda, 7 nafari esa soatbay o’rindosh sifatida faoliyat ko’rsatayotgan malakali o’qituvchilardir.

Kafedrada tayyorlanayotga ta’lim yo`nalishlari va mutaxassisliklar:

Bakalavr yo’nalishi:

  1. Turizm (faoliyati yo’nalishlari bo’yicha)
  2. Mexmonxona va oziq-ovqat serviz boshqaruvi
  3. Havo yo’llari va sayohat hizmati boshqaruvi

Shuningdek, o’quvchilarning ta’lim olish jarayonini yanada yaxshilash va ilmiy salohiyatini oshirish uchun kafedra o’qituvchilari tomonidan konsultativ soatlar tashkil etilgan bo’lib, darslar studentlarning ta’lim jarayonida kechirayotgan qiyinchilik va muammolarni yechishga yordam berish, ma’lumot izlanishda yo’llanma ko’rsatish, ilmiy maqolalar, namunaviy ilmiy ishlarni tushunish,  anglash va tanqidiy analiz qilish kabi kelajakda kurs hamda diplom ishlarini yozishlari uchun kerak bo’ladigan bilim va ko’nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.

Kafedrada faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchilar:

  1. Meyliyev Nurbek
  2. Isakdjanova Munojat
  3. Babajanova Lola
  4. Muhammadiyeva Munira
  5. Tulaganova Shirin
  6. Tulyaganova Aziza
  7. Xabibullayev Abduboriy
  8. Kurbanov Mahmud
  9. Atajanov Hamdambek
  10. Dustov Ulu’bek
  11. Djumayev Alisher


“Turizm” kafedrasi boshlig’i: Isakdjanova Munojat Inog’omovna


Muhammadiyeva Munira


Babajanova Lola

Ushbu sahifa tahrirlanmoqda

Ushbu sahifa tahrirlanmoqda

Ushbu sahifa tahrirlanmoqda