Rektorning kirish soʻzi 2019-11-13T16:26:09+00:00

Hurmatli doʼstlar, mehmonlar va qadrli talabalar!

          Fursatdan foydalanib, shuni taʼkidlamoqchimanki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev rahbarligida yurtimizda oliy taʼlim sohasida jadal islohotlar olib borilmoqda.

Buning yaqqol dalili sifatida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi PF-5847-sonli farmonini koʼrsatish mumkin. Davlatimiz rahbari tomonidan oliy taʼlim tizimida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish asosida oliy taʼlimga qamrab olish darajasini 50 foizdan oshirish, sogʼlom raqobat muhitini yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Davlat rahbari tomonidan qoʼyilgan vazifalar va oliy taʼlim sohasidagi davlat siyosatini hisobga olib, Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida oʼquv jarayoni modul-kredit tizimi asosida, Koreya Respublikasining taʼlim, fan va texnika sohasidagi soʼngi yutuqlarini eʼtiborga olgan holda koreyalik ekspertlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan oʼquv dasturlari boʼyicha olib boriladi. Institut chuqur nazariy bilim berish bilan bir qatorda, amaliy koʼnikmalarni shakllantirishga, talabalarning mantiqiy va ijodiy fikrlashini rivojlantirishga, shuningdek, iqtisodiyotning real tarmoqlari bilan akademik va amaliy aloqalarni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratadi.

Bundan tashqari, institut moddiy-texnik baza va infratuzilmani yaxshilashga, shuningdek, oʼquv jarayoniga yetakchi xorijiy olimlar, professor-oʼqituvchilar va amaliyotchi mutaxassislarni jalb qilishga doimiy eʼtibor qaratadi. Hurmatli doʼstlar, mehmonlar va qadrli talabalar!

Yana bir bor Toshkent shahridagi Yodju texnika institutiga xush kelibsiz!

Rektor J. Sh. Kudaybergenov