KURSLAR 2019-06-15T10:42:42+00:00

Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti abituriyent va kasb-hunar kolleji, akademik litsey va maktab oʻquvchilariga institutning kirish imtihonlari uchun tayyorlov kurslarining boshlanganligini eʼlon qiladi. Tayyorlov kurslar quyidagi fanlardan olib boriladi:

  • Ingliz tili;
  • Matematika;
  • Fizika;

Darslar haftasiga 3-marta 120 daqiqadan rus va oʻzbek tillarida olib boriladi.

Har bir dars mashgʻulotlari uchun oylik toʻlov 500.000 soʻmni tashkil etadi.

Tayyorlov kurslari 6 oy davom etadi.

Shuningdek abituriyent 2 va undan ortiq fanlardan oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etsa chegirmaga ega boʻladi:

  • Masalan: Ingliz tili va Fizika fanlari boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari uchun oylik toʻlov 800.000 soʻmni tashkil etadi.

Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti qoshidagi tayyorlov kurslari qatnashchisi                                boʻlib, siz quyidagi imtiyozlarga ega boʻlasiz:

  • Oʻquv kursi yakunidagi test sinovlarida Matematika yoki Fizika va Ingliz tili fanlarining har biridan muvaffaqiyatli natijaga erishgan qatnashchilar Toshkent shahridagi Yodju texnika institutiga kirish imtixonlaridan ozod etilib, kontrakt asosida talabalikka qabul qilinadi.
  • Tayyorlov kurslari qatnashchilari Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti inshoatlaridan foydalanishlari mumkin.

Bundan tashqari siz quyidagi fanlar boʻyicha tayyorlov kurslarida ishtirok etishingiz mumkin:

  • Rus tili;
  • Koreys tili;
  • Nemis tili;
  • Fransuz tili;
  • Oʻzbek tili;
  • Kompyuter kurslari

 

Darslar haftasiga 3-marta 120 daqiqadan rus va oʻzbek tillarida olib boriladi.

Darslar uchun oylik toʻlov har bir fan uchun 300.000 soʻmni tashkil etadi.

  • Shuningdek, agar siz 2 va undan ortiq fanlardan oʻquv mashgʻulotlarda ishtirok etsangiz chegirmaga ega boʻlasiz:
  • Masalan: Rus tili; Fransuz tili fanlari boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarida ishtiroki uchun oylik toʻlov 500.000 soʻmni tashkil etadi.
  • Tel.: +998 (78) 129-40-40 (113)

  • Elektron pochta: info@ytit.uz

  • Facebook: http://facebook.com/ytit.uz

  • Manzilimiz: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Usmon Nosir koʻchasi, 156