Bo’limlar 2019-11-13T16:24:29+00:00

Jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi ish jarayoniga yuklatilgan funktsiyalarga muvofiq shakllantirilgan. Aslida, ish jarayoni nashriyot va davriy nashrlar, marketing va reklama, ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar va institutda tadbirlar va ichki aloqalarni tashkil etish kabi bir nechta asosiy funktsiyalarni bajarishni o’z ichiga oladi.

Jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi boshlig’i: Aripov Azizjon Kozimdjonovich

Xalqaro hamkorlik boʼlimning asosiy maqsadi Institutning xalqaro taʼlim dasturlari sifatini oshirish va Institutning xalqaro nufuzini oshirishga qaratilgan xalqaro hamkorlik dasturlarida ishtirokini tashkil etish va muvofiqlashtirishdan iborat.

Boʼlimning asosiy faoliyat yoʼnalishlari quyidagilar:

  • xalqaro hamkorlik dasturlarini shakllantirish;
  •  professor-oʼqituvchilar tarkibini xalqaro hamkorlikka jalb qilish;
  •  taʼlim xizmati eksport qilish;
  • institut talabalarini, ilmiy tadqiqotchilarini, xodimlarini xorijda taʼlim olishlari va malaka oshirishlarini tashkil etish;
  • xorijiy talabalar, ilmiy tadqiqotchilarni hukumatlararo va institutlararo kelishuvlarga asosan, shuningdek, alohida tartibda taʼlim olishlarini tashkil etish;
  •  institut xodimlari va tuzilmalariga maslahat va boshqa xizmatlarni tashkil etish;
  • institutning taʼlim yoʼnalishiga xorijiy-professor oʼqituvchilarni jalb etilishini tashkil etish;
  • axborot-vakillik xizmatlarini amalga oshirish;
  • institutning xalqaro grantlarni jalb etishda amaliy yordam berish.


Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i: Allakuliyev Akmal Baltaevich


Xalqaro hamkorlik bo’limi bosh mutaxassisi: Rahmatillaev Sarvarbek Botirjonovich

XALQARO KELISHUV VA MEMORANDUMLAR

 

O’QUV USLUBIY BO’LIMI

O’quv-uslubiy bo’lim (keyinchalik “Bo’lim”) institut tarkibiy tuzilishidagi o’quv va uslubiy ishlarini amalga oshiruvchi asosiy tarmoq hisoblanadi. Bo’limning asosiy faoliyati institutdagi o’quv va uslubiy jarayonini samarali tashkil etishini ta’minlashga qaratilgan.

Bo’lim O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni hamda Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturida belgilangan vazifalarning samarali shakllardagi ijrosini, shuningdek, har tomonlama etuk yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda ta’limni o’quv-metodik jihatdan uzviyligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan bo’lib, o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi, Institut Ustavi, Institutning ichki tartib qoidalari, Institut Ilmiy Kengashining qarorlari, Institut rektorining buyruqlari, o’quv ishlari bo’yicha prorektorning ko’rsatmalari asosida olib boradi.

Bo’limning asosiy vazifalari va funksiyalari:

  • Institutda o’quv jarayonini samarali tashkil etish va ta’minlash.
  • O’quv jarayonining tashkiliy masalalarini hal qilishda institutning yagona strategiyasini amalga oshirish.
  • O’quv jarayonini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni o’rganish, takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlash va hayotga tadbiq etishda ishtirok etish.
  • O’quv jarayonini samarali tashkil etilishini ta’minlash uchun fakultetlar, kafedralar va boshqa bo’linmalarning tegishli faoliyatini muvofiqlashtirib borish.
  • O’quv jarayoniga oid masalalar bo’yicha fakultetlar va bo’linmalar hisobotlarini umumlashtirish, institutning hisobotlarini tayyorlash va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib borish.
  • Institut talabalari kontingentining harakatini nazoratga olish.
  • Institut kafedralarida yo’nalishlar va mutaxassisliklarida o’qitiladigan fanlar bo’yicha o’quv yuklamalarini umumlashtirish hamda bajarilishini monitoring qilish, asosiy va soatbay ish haqi uchun ro’yxat olish.
  • Professor-o’qituvchilar bilan soatbay ish haqi asosida shartnomani tuzish va buyurtmalarni tayyorlash.
  • O’quv yili va semestrlar bo’yicha ishchi o’quv rejalarining bajarilishini o’rganib borish.
  • O’quv jarayonini yanada takomillashtirish yuzasidan o’quv-metodik izlanishlar olib borish.
  • O’quv jarayoni yuqori saviyada tashkil etilishini ta’minlovchi axborot-pedagogik texnologiya va metodlarni keng joriy qilib borish va ilg’or tajribalarni ommalashtirish.
  • Malakaviy amaliyotni tashkil etishda ko’maklashish.
  • Institutda o’qitiladigan fanlarning uslubiy ta’minoti samarali tashkil etilishi yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularning kafedralarda to’liq va sifatli bajarilishini ta’minlash.
  • O’quv jarayonining uslubiy-tashkilib masalalari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish.
  • Institut kafedralarida o’qitiladigan fanlar bo’yicha o’quv-uslubiy ta’minotning holatini o’rganib borish hamda belgilangan muddatlarda ularning muhokamasini tayyorlash.
  • Amaldagi ishchi o’quv rejalarida kiritilgan yangi fanlarni o’qitishning uslubiy ta’minotini tashkil etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish va ularning kafedralarda holatini o’rganib borish.
  • O’quv rejasidagi fanlarning o’quv adabiyotlari bilan ta’minlanganligini o’rganish.
  • O’quv jarayonini uslubiy jihatdan takomillashtirish yuzasidan metodik izlanishlar olib borish va ularni amalga oshirishga qaratilgan ilmiy seminarlarni tashkil etish.
  • Institut Qabul komissiyasi ishini tashkil etish.
  • Nizomda ko’rsatilgan vazifalarni bajarish uchun belgilangan shtatlar birligiga ko’ra, xodimlarni ishga qabul qilish takliflarni ishlab chiqish hamda o’quv ishlari bo’yicha prorektorga taqdim etish.
  • Institutning boshqa tarkibiy bo’linmalaridan o’quv jarayoniga oid hujjatlar va materiallarni talab qilish va olish.
  • Institut nomidan davlat va nodavlat tashkilotlari, shuningdek boshqa korxonalar, tashkilotlar, muassasalar bilan aloqada ta’lim masalalari bo’yicha vakillik qilish.
  • O’quv jarayonini tashkil qilish bo’yicha uchrashuvlar o’tkazish va bunday uchrashuvlarda qatnashish.
  • O’quv jarayoni bo’yicha tushuntirishlar, tavsiyalar va ko’rsatmalar berish.
  • O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida qayd etilgan boshqa huquq va vakolatlardan foydalanish.

O’quv-uslubiy bo’limi boshlig’i: ALLABERGANOV ROMAN QURAMBAEVICH

Ushbu sahifa tahrirlanmoqda

Ushbu sahifa tahrirlanmoqda

Talabalar bilan ishlash bo’limi:
bo‘lim o‘z vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha Instituning boshqa tarkibiy
tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorligi, hamkor tashkilotlar bilan o‘zaro
tadbirlarni tashkillashtirishni ta’minlaydi.
– bo‘limning ish rejasi va hisobotlarini tayyorlash uchun mas’ul hisoblanadi;
– Institut rektori va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorga bo‘lim faoliyatiga oid
muhim masalalar yuzasidan muntazam ravishda axborot beradi;
– bo‘limga yuklangan vazifalar va funktsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan Institut
rahbariyatining boshqa topshiriqlarini ijrosini ta’minlaydi.


Talabalar bilan ishlash bo’limi boshlig’i: Abduboriy Xabibullayev Shavkat o’g’li

Ushbu sahifa tahrirlanmoqda

Ushbu sahifa tahrirlanmoqda

Ushbu sahifa tahrirlanmoqda

  1. Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda foydalanuvchilarning muntazam va mustaqil ravishda ta’lim olishiga ko‘maklashish.
  2. Milliy, ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish va xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo‘lishni ta’minlash, ma’naviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyatlar yaratish.
  3. Ta’lim muassasasi sohasiga va foydalanuvchilarning axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlariga muvofiq Аxborot-resurs markazi fondini shakllantirish, ma’lumotlar bazalarini, elektron kataloglarni tashkil etish va yuritish.
  4. Axborot-resurs markazi xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish, ARMni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash asosida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish.

Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti Axborot-resurs markazi tarkibi:
Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti Аxborot-resurs markazi jami fondi 17894 mingni tashkil etib, shundan:
8075 nomda 12673 ta o’quv darsliklari;
2510 nomda 5221 ta badiiy adabiyotlar mavjud.
Axborot-resurs markazida obunalar soni 71 tani tashkil etib, shundan:
20 nomda gazeta;
18 nomda o`zbek tilidagi jurnallar;
33 nomda xorijiy ilmiy jurnallar mavjud.

Axborot-resurs markazida elektron kutubxona yaratilgan. Elektron kutubxona  axborot resurslaridan https://library.ytit.uz/ veb sahifasiga kirish orqali foydalaniladi. Hozirgi kunda Armat++ dasturiga kiritish orqali elektron katalog va to`liq matnli ma`lumotlar bazasi shakllantirilmoqda.

Axborot-resurs markazi quyidagi elektron bazalarga a’zo bo`lgan:

  1. bibliorossica.com – qurilish va muhandislik fanlari
  2. ebscohost.com ko`p tarmoqli ma`lumotlar bazasi
  3. nanet.go.kr –Koreya Milliy assambleyasi elektron kutubxonasi

Axborot-resurs markazi boshlig`i:
Gulomova Komila Maxamatjanovna

Axborot-resurs markazi yetakchi mutaxassisi:
Kuvatova Nozima Baxtiyorovna

Axborot-resurs markazi yetakchi mutaxassisi: Iltayev Otabek Aliqul o`g`li

Ushbu sahifa tahrirlanmoqda

Ushbu sahifa tahrirlanmoqda

Ushbu sahifa tahrirlanmoqda