Turizm

Turizm 2019-06-15T10:41:05+00:00

Project Description

“Turizm” yoʻnalishi davlatning iqtisodiy rivojlanishi uchun eng muhim omillaridan biri boʻlib, tovarlar va xizmatlarning jaxon bozorlariga bosqichma – bosqich kirish uchun turizm xizmatlaridan samarali foydalanish va mamlakatning iqtisodiy oʻsishini
oshirish uchun yoshlarimizni tayyorlash bizning assosiy maqsadimizdir.

Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti oʻz talabalariga nafaqat nazariy va amaliy bilim berish, balki shu bilimlaridan kelajakdagi ish faoliyatlarida foydalana olishlari haqida ham qaygʻuradi. Shuning uchun taʼlimning asosiy negizini amaliy tajribalar tashkil qiladi.

Dastur maqsadi

Turizm, mehmonxona va restoran biznesida xodimlarni boshqarish, sayyohlik safarlarini tashkillashtrish, Oʻzbekiston Respublikasida ichki va tashqi turizm bozorini rivojlantirishning asosiy geografik yoʻnalishlari boʻyicha  yuqori malakali kadrlarni tayorlash.

Bakalavriat davrining asosiy oʻquv dasturi:

1-kurs: Informatika, iqtisodiyot asoslari, statistika asoslari, Oʻzbekiston tarixi va rivojlanish strategiyasi, jahon tarixi va geografiyasi, rus, ingliz hamda koreys tillari kabi fanlarni ichiga olgan.

2-kurs: Turizm yoʻnalishi boʻyicha turizm asoslari shu jumladan turizm madaniyati, turizm geografiyasi, turizmda xuquq asoslari kabi fanlarni ichiga olgan.

3-kurs: Turizm servisini, aviachiptalarni rezevrlash, aeroportlarda xavfsizlikni boshqarish va mehmonxonalar xizmatini rivojlantirish   fanlari boʻyicha nazariy hamda amaliy kurslar.

4-kurs: Bitiruvchi talabalariga eko turizm, xalqaro sayyohatlar buyicha gid (yul boshlovchi), ekipajlarni boshqarish kabi fanlari nazariy xamda amaliy oʻtiladi.

Natija

Turizm taʼlim yoʻnalishi bitiruvchilari “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasida va uning boʻlinmalarida, mehmonxonalarda, restoranlarda, aeroport va aviakasssalarda, sayyohlik kompaniyalarida ishlashlari mumkin, shuningdek turizm sohasidagi korxonalarni tashkil etishlari mumkin.