MAKTABGACHA TA’LIM 2019-11-10T11:49:24+00:00

Project Description

Dastur maqsadi:

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi – kelajakda professional rivojlangan pedagog tarbiyachilarni tayyorlashga qaratilgan  dastur bo‘lib, ular bolalarni har tomonlama rivojlantirishda, oilaviy bog’chalarni tizimli tashkil etishga, davlat va nodavlat bog’chalarni  rivojlantirishga asos bo’lib bunda yaratilgan o‘quv rejalari, o‘qitish va baholashni chuqur o’rgatishshga qaratilganligidir. Dastur  maktabgacha ta’lim nazariyasi va tarixi, maktabgacha ta’lim amaliyotida bo‘lajak tarbiyachi murabbiylarni o’qitishning  nazariy va amaliy hamda interfaol usullari va fan sohasini mukammal egallashlarida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Ushbu yo‘nalish maktabgacha yoshdagi bolani qamrab olgan yaxlit ta’lim jarayoni bo’lib, 3 yoshdan 6 yoshgacha  rivojlanishda bo’lgan bolalarni tarbiyalashga qaratilgan dasturdir. Bo’lajak tarbiyachi murabiylargamaktabgacha yoshdagi bolalarga o’rgatilishi zarur bo’lgan inklyuziv, kognitiv, lingvistik va ijtimoiy hamda iqtidorli rivojlantirishga moyil bo’lgan bolalarning turli guruhlarini o‘qitishda moslashtirilgan. An’anaviy va innovatsion tadqiqot usullaridan foydalangan holda  oliy ta’limning maktabgacha ta’lim nazariyasi va amaliyoti o‘rgatiladi.

Kursda olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llashga qaratilgan. Kursning mohiyati ta’lim tizimida shiddat bilan rivojlanayotgan zamonaviy o‘zgarishlarni  bolalarga ta’sirini va bolalarga to‘g‘ri yo‘nalishda rivojlanishiga yordam beradigan  yetuk, raqabatbardosh mutaxassislarni tayyorlashni ko‘zda tutadi.

Natija:

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida  tahsil oladigan talabani yetuk va malakali mutaxassis qilib tayyorlash, maktabgacha ta’lim sohasida oily ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash hamda ularni maktabgacha tayorlash  tizimini sifatli tashkil etish. Maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil qilish va boshqarish uchun mas’ul bo‘lgan eng nufuzli  mutaxasislarni xorijiy hamda mahalliy tashkilotlarga yetakchi  rahbar etib  ta’minlab berish.