Muqobil energiya

Muqobil energiya 2019-06-15T10:39:09+00:00

Project Description

“Muqobil energiya”  yoʻnalishi hozirgi dunyo mamlakatlari taʼlim sohasida eng yangi va kelajakka yoʻnaltirilgan oʻquv yoʻnalishi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi ham quyosh, suv, shamol, gaz va neft kabi tabiiy boyliklar vatani hisoblanib muqobil energiyani har tomonlama rivojlantirish uchun qulay hudud hisoblanadi.

Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti oʻz talabalariga nafaqat nazariy bilim berish, balki shu bilimlaridan kelajakdagi ish faoliyatlarida foydalana olishlari haqida ham qaygʻuradi. Shuning uchun taʼlimning asosiy negizini nazariy bilimlar bilan birgalikda ularda amaliy koʻkinmalarni shakllantirish va rivojlantirish ham tashkil qiladi.

Dastur maqsadi

Qayta tiklanadigan va anʼanaviy boʻlmagan manbalar, elektr stansiyalari va elektr taʼminoti tizimlarini energiya konvertorlarini loyihalash va ishlatish sohasida zarur nazariy va zamonaviy bilimlarni talabalarda shakllantirish. Energetika muammosini bartaraf etish va qayta tiklanadigan energiya manbalarini barqaror rivojlantirish uchun ijtimoiy, texnik va iqtisodiy bilimlarga ega boʻlgan mazkur sohada yetuk yuqori sifatli va malakali kadrlarni tayyorlash.

Natija

“Muqobil energiya” taʼlim yoʻnalishi bitiruvchilari anʼanaviy boʻlmagan va qayta tiklanadigan energiya tizimlarni elektron muhandisi, noanʼanaviy manbalar, energiya stansiyalari va elektr taʼminoti tizimlarini energiya konvertorlarini loyihalash va ulardan foydalanish sohasida zamonaviy bilim egasi va boshqa koʻplab sohalarda yetuk mutaxassis boʻlib yetishadi.

Bakalavriat davrining asosiy oʻquv dasturi:

1-kurs: Informatika, matematika, ekologiya, fizika, Oʻzbekiston tarixi va uning rivojlanish strategiyasi, Jahon tarixi va geografiyasi, rus, ingliz hamda koreys tillari kabi fanlarni ichiga olgan.

2-kurs: Muqobil energiya sohasiga aloqador boʻlgan quyosh va shamol energetikasi, geometrik va gidravlik energiya, bioenergetika, koʻmir koni metan, vodorod energiyasi va neft slanetsi kabi noanʼanaviy va qayta tiklanadigan energiya manbalarining asoslarini oʻrgatish bilan bogʻliq fanlarni oʻz ichiga olgan.

3-kurs: Elektromagnetik, raqamli mantiqiy tizimlar, energetik dvigatellar, elektron jihozlar va ular bilan ishlash koʻnikmalari, qayta tiklanadigan energiya manbalari fanlari boʻyicha nazariy hamda amaliy kurslar.

4-kurs: Bitiruvchi talabalarga chaqmoq energetikasi, elektron mashinalar, qayta tiklanadigan energiya – amaliy darslar, qayta tiklanuvchi tizimlar kabi fanlar nazariy hamda amaliy oʻtiladi, kurs soʻnggida bitiruv tadqiqot ishi yoziladi.