Qurilish

Qurilish 2019-06-15T10:40:29+00:00

Project Description

Qurilish yoʻnalishi har doim kasblarning eng yetakchilaridan biri hisoblangan. Ushbu soha oʻziga hos chuqur, murakkab va maxsus bilimlarni oʻrganishni talab qiladi. Mamlakatimizda xozirgi kunda qurilish sohasi jadal rivojlanmokda. Qurilish sohasi bugungi zamonaviy bunyodkorlikni yanada rivojlanishiga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.

Qurilish yoʻnalishi, qurilish, montaj tashkilotlarida ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etish haqida kerak boʻlgan bilimlarni beradi, hamda ilmiy-texnik taraqqiyot sharoitida qurilishni boshqarish va tashkil etishda asosiy qonunlarni aniqlaydi.

Dastur maqsadi

         Qurilish jarayoni obyektni yaratish, oʻzgartirish yoki buzib tashlash bilan bogʻliq boʻlgan tashkiliy, tadqiqot, loyihalash, qurish, montaj qilish va ishga tushirish ishlarini oʻz ichiga oladi. Fanning vazifasi qurilish boshqaruvining nazariy asoslarini oʻrganishgina boʻlib qolmay, balki matematik usullari va kompyuterlar negizi texnik jadallashuvining asosiy yoʻnalishlarini hisobga olgan holda ulardan qurilish amaliyotida foydalanish usullarini oʻrgatish hisoblanadi.

Bakalavriat davrining asosiy oʻquv dasturi:

1-kurs. Taʼlim yoʻnalishi quydagi fanlarni oʻz ichiga olgan: Rus, ingliz xamda koreys tillari, informatika, Oʻzbekiston tarixi va rivojlanish strategiyasi, jahon tarixi va geografiya, matematika, fizika va ekologiya.

2-kurs.Yoʻnalishga hamda kasbga yoʻnaltirilgan boʻlib, mutahassislik boʻyicha quydagi fanlarni mukammal oʻzlashtiriladi: qurilish asoslari, qurilish materiallar mexanikasi, qurilish tadqiqotlari, binolar konstruksiyasi, temir-beton qoplamalari va gidravlik muhandislik.

3-kurs. Qurilish strukturasini tahlil qilish hamda, tuproq, yer, gidravlika muhandisligi kabi fanlarni oʻrganadi.

4-kurs. Yoʻnalish boʻyicha quydagi fanlar oʻrganiladi: poʻlat tarkibi muhandisligi, transport va muhandislik kommunikatsiyalar, suv va yer osti tarmoqlarni loyihalash, poydevor muhandisligi, qurilish havfsizligi.

Natija

Qurilish sohasida yetuk va malakali mutahassislar bilan taʼminlash, ushbu sohaning, ayniqsa joylarda oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish va ularni tayyorlash tizimini sifatli tashkil etish. Qurilishni tashkil qilish va boshqarish uchun maʼsul boʻlgan yeng nufuzli xorijiy hamda mahalliy tashkilotlarga yetakchi injiner quruvchilar bilan taʼminlab berish.