CHIROY ESTETIKASI 2019-11-09T11:14:43+00:00

Project Description

Chiroy estetikasi eng yosh, ammo shu bilan birga kosmetologiyaning eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biri hisoblanadi.
Chiroy estetikasi yoshartirish, go’zallik hamda salomatlikni tiklash va asrashning zamonaviy muolajalariga qaratilgan.

Chiroy estetikasi quyidagi muolajalarni o’z ichiga oladi:
Kimyoviy piling
Yuz va tanani asosiy parvarishi
Teri nuqsonlarini lazer bilan davolash
Klassik va ignasiz mezo davolash
Barcha massaj turlari
Depilatsiyaning barcha turlar
Tirnoq bezash san’ati
Klassik va professional makiyaj

O’quv dastur maqsadi
Talabalarga estetik kosmetologiya, to’gri ovqatlanish, umumiy psixologiya boyicha chuqur nazariy va amaliy bilim hamda ko’nikmalar berish.

Natija

4 yillik intensiv mashg’ulotlardan so’ng talabalar nafaqat estetik kosmetologya sohasidagi mutaxassis, balki to’gri ovqatlanish va umumiy psixologiya boyicha barobar ravishda o’qitish natijasida ushbu sohalarda keng ko’nikma va bilimga ega bo’ladilar.

Talabalar estetic kosmetologya va umumiy psihologiya bo’yicha bakalavr darajasini olishadi. Bu katta imkoniyat kelajak mutahassislarga zamonaviy davolash algoritmlarini yahshi bilish va ulardan qo’llanish, shahsiy parvarishlash dasturlarini tuzish huquqini beradi.

Bakalavriat davrining o’quv dasturi:
1-kurs Ushbu bosqichda asosiy e’tibor koreys, ingliz, rus tillarini, informatika, anatomiya va physihologiya, biokimyo, psixologiya asoslari, nutrisiologiya asoslari, gigiena va ekologiya asoslari, dunyo tarixi va geografiyaga qaratilmoqda.
2-kurs: Asosiy e’tibor quyidagi fanlarni chuqur va mukkamal o’qitishga qaratilgan: kosmetik kimyo, dermatologiya, nutrisiologiya asoslari, umumiy psihologiya, tibbiy massaj asoslari, SPA muolojalari, tirnog san’ati va estetik kosmetologiyada xususiy biznes boshqarish asoslari kabi fanlar.
3-kurs: Ushbu kursda togri ovqatlanish, lazer texnologiyasi, fizioterapiya asoslari, umumiy psixologiya,
doimiy makiyaj, trixologiya va chet tillari asoslari bo’yicha nazariy va amaliy kurslar.
4-kurs: Talabalarga nazariy va amaliy fanlar, podologiya asoslari, teri va uning kasalliklari, ovqatlanish asoslari,ortiqcha vazn bilan ishlash, lazer va kosmetologiya jihozlari asoslari, umumiy psixologiya, kosmetologiya kompaniyalari va estetik kosmetologya markazlari bilan tanishish.