BOSHLANG’ICH TA’LIM 2019-11-10T10:49:29+00:00

Project Description

Dastur maqsadi:

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi – bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini tayyorlaydigan,  jamiyatda o’z o’rniga ega bo’ladigan raqobatbardosh mutaxasis kadrlar tayorlaydigan  yo‘nalish bo‘lib,  O‘zbekiston Respublikasining  davlat va xususiy maktablarida 1- 4 sinfgacha o‘qitish uchun mo’ljallangan ta’lim jarayoniga tayyorlaydigan soha bo’lib, bo‘lajak boshlang’ich sinf o‘qituvchilarining professional darajaga yetkazishga, ularni jamiyatdagi rolini oshirish, yangi innovatsion texnologiyalar asosida o‘qitishga hamda axborot texnologiyalar va xorijiy tillarni o’zlashtirishga qaratilgan.

Dastur DTS talablari asosida  boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi  uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni o’zlashtirishga nazariy va amaliy yordam beradi. Bolajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari pedagogik nazariyani, o‘qitish metodikasini va psixologik tushunchalar, bilish jarayonlarini  hamda boshlang’ich ta’lim nazariyasi bo‘yicha kurslarda faol qatnashadilar. Shuningdek, o‘quv  kurslarda  umumiy  fundamental bilimga ega bo’ladilar. Dastur asosida , talabalar xorijiy va koreys tillarini mukammal o‘rganishadi.

Natija:

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida  tahsil olayotgan talaba kelgusida  o‘z yo‘nalishining ko‘p qirrali, umumiy o‘rta ta’lim, nodavlat ta’lim muassasalarida pedagogik  faoliyat olib bora oladigan yetakchi, raqobatbardosh mutaxassisi bo‘lib yetishadi.

Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti o’z talabalariga nafaqat nazariy bilim berish, balki shu bilimlaridan kelajakdagi ish faoliyatlarida foydalana olishlari haqida ham qayg’uradi. Shuning uchun ta’limning asosiy negizini nazariy bilimlar bilan birgalikda ularda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish amaliy mashg’ulotlarni nufuzli o’quv maskanlarida tashkil etiladi.