Biznesni boshqarish

Biznesni boshqarish 2019-06-15T10:37:46+00:00

Project Description

“Biznesni boshqarish” yoʻnalishi har qanday mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi uchun eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini samarali tashkil etish va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, Jahon bankining “Doing Business” reytingida yuqori  oʻrinlarni egallash bugungi kunda tadbirkorlik sohasida olib borilayotgan islohotlarning asosiy zamini hisoblanadi.

Dastur maqsadi

Iqtisodiyot, moliya va soliq sohasida, tadbirkorlik faoliyati va uni samarali tashkil etish haqida talabalarda har tomonlama keng qamrovli bilim va koʻnikmalarini shakllantirish. Yirik tadbirkor va ishbilarmonlar bilan uchrashuvlar tashkil etish va oʻzining mustaqil  biznesini samarali tashkil etish uchun yetarli bilimlarga ega boʻlgan mamlakat iqtisodiyoti sohasida yetuk yuqori sifatli va malakali kadrlarni tayyorlash.

Natija

  “Biznesni boshqarish” taʼlim yoʻnalishi bitiruvchilari mamlakat iqtisodiyotining muhim sohalarida, bank, moliya, investitsiya, birja va sanoat sohalarida, davlat idoralari va reklama agentliklari, yirik xalqaro kompaniyalarda yetuk mutaxassis boʻlib ishlashlari mumkin. Qolaversa, bitiruvchi talabalar oʻzlarining mustaqil biznes faoliyatini va tadbirkorlik subyektlarini tashkil etishi mumkin.

Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti oʻz talabalariga nafaqat nazariy bilim berish, balki shu bilimlaridan kelajakdagi ish faoliyatlarida foydalana olishlari haqida ham qaygʻuradi. Shuning uchun taʼlimning asosiy negizini nazariy bilimlar bilan birgalikda ularda amaliy koʻnikmalarni shakllantirish va rivojlantirish ham tashkil qiladi.

Bakalavriat davrining asosiy oʻquv dasturi:

1-kurs: Informatika, iqtisodiyot asoslari, menejment asoslari, statistika asoslari, Oʻzbekiston tarixi va uning rivojlanish strategiyasi, Jahon tarixi va geografiyasi, rus, ingliz hamda koreys tillari kabi fanlarni oʻz ichiga olgan.

2-kurs: Biznesni boshqarish sohasiga aloqador boʻlgan biznes hujjatlarini yurgʻizish, marketing menejmenti, moliya, buxgalteriya, global menejment, isteʼmolchilar xulqi, menejment strategiyasi kabi fanlarni ichiga olgan.

3-kurs: Biznes boshqaruvida axborot tizimi, biznes tashhislari, samarali menejment, elektron tijorat, logistika, menejment innovatsiyasi fanlari boʻyicha nazariy hamda amaliy kurslar.

4-kurs: Bitiruvchi talabalarga investitsiya, menejment texnologiyalari, strategik qarorlar qabul qilish, korxona resurslarini rejalashtirish kabi fanlar nazariy xamda amaliy oʻtiladi, kurs yakunida bitiruv tadqiqot ishi bajariladi.