ARXITEKTURA VA SHAHARSOZLIK

ARXITEKTURA VA SHAHARSOZLIK 2019-11-11T14:59:29+00:00

Project Description

Arxitektura – insonning yashashi, faoliyati uchun fazoviy makon yaratish sanʼatidir. Shaharsozlik – bu loyihalash va qurilish bilan bogʻlik boʻlgan sanitar gigiyenik, texnika – qurilish, transport va arxitekturaviy – badiiy masalalarni kompleks yechuvchi, shaharlarni rejalashtirish va qurishning nazariyasi va amaliyotidir. Arxitektura loyihalash alohida bino va inshootlarning rivojlanishiga yoʻnaltirilgan “arxitektura”ning “xajmiy” loyihalashidan farqli ravishda shahar muhitini kompleks yechishga va dizaynini tashkil etishga yoʻnaltirilgan.

Dastur maqsadi

Talabalarga mintaqaviy rejalashtirish, shahar aholi punktlarini rejalashtirish va rekonstruksiya qilish, xududlarni barqaror rivojlantirish talablarini oʻrgatish. Atrof-muhit va inson faoliyati xafsizligi va qulay sharoitlarni taʼminlash maqsadida meʼmoriy va shaharsozlik faoliyatining turli jihatlarini birlashtirishga imkon beradigan amaliy va nazariy bilimlarni oʻrganish. Arxitektura va shaharsozlikni rivojlantirishning yangicha tendensiyalari va innovatsiyalari, meʼmoriy obyektlarni renovatsiya qilish usullarini oʻrganish va tadqiq qilish.

Natija

Arxitektura va shaharsozlik taʼlim yoʻnalishida taxsil olgan talaba, oʻz yoʻnalishini keng qirrali mutaxassisi boʻlib yetishadi. Zamonaviy meʼmorchilik, xorijiy va mahalliy loyiha institutlari va tashkilotlari, landshaft dizayn byurolari, qurilish va sanoat kompaniyalari, xorijiy xalqaro tashkilotlarga yetakchi mutaxassis boʻlib yetishadi.

Bakalavriat davrining asosiy oʻquv dasturi:

1-kurs. Bakalavriatni birinchi bosqichi talabalarni fanga va yoʻnalishga boʻlgan qiziqishlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan. Asosan  koreys, ingliz va rus tillarini mukammal oʻzlashtirishga, hamda  matematika, fizika, jahon tarixi va geografiya, Oʻzbekiston tarixi va rivojlanish strategiyasi, ekologiya, informatika kabi fanlar joy olgan. Barcha fanlar rus, oʻzbek va inliz tillarida olib boriladi.

2- kurs. Taʼlim yoʻnalishi boʻyicha arxitektura va shaharsozlik asoslari, arxitektura va jamiyat, arxitektura va shaharlarni rejalashtirish asoslari, kompyuter grafikasi, Oʻzbekiston arxitektura tarixi, shaharsozlik asoslari kabi fanlar mutaxassislik boʻyicha mukammal oʻrgatiladi.

3-kurs. Mutaxassislik boʻyicha arxitektura rejalashtirish, shaharsozlik asoslari, arxitektura nazariyasi, bino-inshoat va shaharsozlik loyihalash, qurilish materiallari va konstruksiya hamda jahon arxitekturasi kabi fanlar joy olgan.

4-kurs. Taʼlim yoʻnalishi boʻyicha yashil arxitektura, arxitektura va konstruksiya, binolar kodi, arxitektura va shaharsozlik, binolarni rekonstruksiya va renovatsiya qilish kabi fanlar oʻzlashtiriladi. Xamda bitiruv loyihasi ustida izlanishlar olib boriladi.

Talabalarimizning ishlari

Chizmachilik ishlari

Kompozitsiyaviy modellashtirish