admin

About admin

This author has not yet filled in any details.
So far admin has created 61 blog entries.

“Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlimni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi anjuman

2019-06-13T23:14:34+00:00

“Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlimni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi anjuman Joriy yilning 21-dekabrida Yodju Texnika Institutida “Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlimni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi HEREs anjumani boʻlib oʻtdi. Anjumanda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Erasmus + Milliy ofisi, HEREs, loyiha koordinatorlari, oʻqituvchilar, doktorantlar va talabalar ishtirok etdi. Maʼlumot uchun: Tempus/Erasmus+ dasturining qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan Oliy taʼlim boʻyicha mutaxassislar milliy jamoasi (Oliy taʼlim islohotlari boʻyicha mutaxassislar - HEREs) ning asosiy vazifasi Respublikaning oliy taʼlim tizimining rivojlanishi, shuningdek 48 ta ishtirokchi mamlakatlarda Boloniya jarayonining rivojlanish tajribasi haqida maʼlumot tarqatishdir. Boloniya jarayonining asosiy vazifasi, oliy taʼlim olish imkoniyatini kengaytirish, [...]

“Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlimni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi anjuman 2019-06-13T23:14:34+00:00

Ilk ilmiy-amaliy konferensiya

2019-06-13T23:15:53+00:00

Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida ilk bor “Zamonaviy shaharsozlik va qurilishning xalqaro eʼtirof etilgan tajribalari va ularni milliy arxitektura anʼanalari bilan uygʻunlashuvi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. Anjumanda, Koreyadagi Yodju texnologiya instituti professorlari, Toshkent arxitektura va qurilish instituti professorlari, arxitektura va shaharsozlik sohasidagi yetakchi mutaxassislar hamda talabalar ishtirok etishdi.

Ilk ilmiy-amaliy konferensiya 2019-06-13T23:15:53+00:00

Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida Uzluksiz taʼlim markazi oʻz faoliyatini boshladi

2019-06-14T11:34:24+00:00

Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti abituriyentlar va kasb-hunar kolleji, akademik litsey va maktab oʻquvchilariga institutning kirish imtihonlari uchun tayyorlov kurslari boshlanganini eʼlon qiladi. Tayyorlov kurslari quyidagi fanlardan olib boriladi: Ingliz tili; Matematika; Fizika. Darslar haftasiga 3-marta 120 daqiqadan rus va oʻzbek tillarida olib boriladi. Har bir dars mashgʻulotlari uchun oylik toʻlov 500 000 soʻmni tashkil etadi. Tayyorlov kurslari 6 oy davom etadi. Shuningdek, abituriyent 2 va undan ortiq fanlardan oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etsa, chegirmaga ega boʻladi. Masalan, ingliz tili va fizika fanlari boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari uchun oylik toʻlov 800 000 soʻmni tashkil etadi. Darslar  uchun oylik toʻlov [...]

Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida Uzluksiz taʼlim markazi oʻz faoliyatini boshladi 2019-06-14T11:34:24+00:00

Eʼtirof

2019-06-13T23:16:36+00:00

Eʼtirof Joriy yilning 5-dekabr sanasida mamlakatimiz boʻylab 12-18-noyabr kunlari boʻlib oʻtgan “2-Global tadbirkorlik haftaligi” yakunlari boʻyicha press-konferensiya oʻtkazildi. Ushbu tadbirni yuqori saviyada oʻtishiga amaliy yordam koʻrsatgan va faol ishtirok etganligi uchun Toshkent shahridagi Yodju texnika institutiga tashkilotchilar tomonidan tashakkurnoma sertifikati taqdim etildi.

Eʼtirof 2019-06-13T23:16:36+00:00

Yodju texnologiya instituti prezidenti bilan uchrashuv

2019-06-13T23:18:39+00:00

Yodju texnologiya instituti prezidenti bilan uchrashuv Joriy yilning 29-noyabr sanasida Koreya Respublikasining Yodju texnologiya instituti prezidenti janob Chun Tay Kyung institutimizda tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuv davomida janob Kyung Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi davlatlari oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli xamkorlik doirasida ikki mamlakat taʼlim jarayoni haqida, institut taʼlimida kredit tizimi haqida mazmunli maʼruza qildilar. Uchrashuvda talabalar oʻzlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan janob KYUNG bilan oʻzaro fikr almashishdi. Mazkur uchrashuv juda qizgʻin ruhda boʻlib oʻtdi.

Yodju texnologiya instituti prezidenti bilan uchrashuv 2019-06-13T23:18:39+00:00

Britaniya Kengashining tashrifi

2019-06-13T23:18:06+00:00

Toshkent shahridagi Britaniya Kengashi vakillarining tashrifi Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti rektori, i.f.d., professor A.V.Vaxobov taklifiga binoan 2018-yilning 26-noyabr kuni Toshkent shahridagi Britaniya Kengashi (British Council)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi direktori Reychel Irilend (Rachel Ireland) xonim tashrif buyurdi. Tashrif dastavalida Institut rektori A.V.Vaxobov Oʻzbekistonda oliy taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar, ulardan kutilayotgan natijalar, shuningdek, Toshkent shahridagi Yodju texnika institutining tashkil etilishi bilan bogʻliq amalga oshirilgan ishlar, Institut taʼlim yoʻnalishlari, oʻqishga qabul qilish jarayoni, hozirda oʻqitilayotgan fanlar, xorijiy tillarga qaratilayotgan eʼtibor va ularni oʻqitishda joriy etilgan metodlar haqida batafsil toʻxtilib oʻtdilar. Britaniya Kengashi (British Council)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi direktori Reychel Irilend (Rachel [...]

Britaniya Kengashining tashrifi 2019-06-13T23:18:06+00:00

Global tadbirkorlik haftaligi

2019-06-13T23:20:56+00:00

Global tadbirkorlik haftaligi Mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishida tadbirkorlik subyektlari faoliyati juda muhim oʻrin tutadi. Respublikamiz boʻylab oʻtkazilgan “Global tadbirkorlik haftaligi” tadbiri Oʻzbekistonda milliy tadbirkorlik eko tizimini yaratish, yurtimizga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, chet el sarmoyadorlarini Respublikamizda yaratilgan ishbilarmonlik muhiti bilan yaqindan tanishtirish yoʻlida muhim ahamiyat kasb etdi. Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi hamda hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu “Global tadbirkorlik haftaligi” tadbiri doirasida joriy yilning 16-noyabr sanasida Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida 200 ga yaqin talabalar ishtirokida tadbirkorlik sohasida koʻp yillik tajribaga ega mutaxassislar tomonidan “Shaxsiy biznesni tashkil etish”, “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” va “Arbitraj va mediatsiya” mavzularida ochiq mahorat [...]

Global tadbirkorlik haftaligi 2019-06-13T23:20:56+00:00

Kimchi Festivali

2019-06-13T23:20:25+00:00

Kimchi Festivali 21-noyabr kuni Toshkentda Koreya xalqaro qishloq xoʻjaligi loyihasi (KOPIA) ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etilgan kimchi festivali boʻlib oʻtdi. Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi, Oʻzbekiston Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Oʻzbekistondagi Koreya taʼlim markazi, Oʻzbekistondagi KOICA, Oʻzbekistondagi koreys rezidentlari uyushmasi, Koreya madaniyat markazlari uyushmasi, Oʻzbekiston OTMlari oʻqituvchilari va talabalari, shu jumladan Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti. Festival davomida koreys retsepti boʻyicha tashkilotchilar kimchi taomlarini tayyorlashda kichik mahorat darslari oʻtkazdilar. Koreyaliklar kimchi qilish uchun armut, olma, zanjabil va dengiz mahsulotlarini ishlatishilishini taʼkidlab oʻtidlar. Mahorat mashgʻulotidan soʻng volontyorlar yordamida kimchi tayyorlandi. Tashkilotchilar barcha [...]

Kimchi Festivali 2019-06-13T23:20:25+00:00

“CEF” festivali

2019-06-13T23:19:39+00:00

“CEF” festivali Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida, “Arxitektura va shaharsozlik”, “Qurilish”, “Muqobil energiya” va “Turizm” taʼlim yoʻnalishlari guruhlari orasida QVZ (CEF) festivali boʻlib oʻtdi. Eng qiziqarli va xushchaqchaq unvoni uchun 4 ta jamoa kurash olib bordi. Jamoalar bir-birlariga keskin hazillar bilan hujum qilib, raqiblarning zarbalarini parchalab, ularning asosiy quroli hazil ekanligini yana isbotlashdi. Gʻoliblikni “Turizm” taʼlim yoʻnalishi jamoasi qoʻlga kiritdi. Toʻrt qismli sinovdan iborat boʻlgan – salomlashish, biatlon, musiqiy tanlov va sardorlar bellashuvi natijalariga koʻra ular Hakamlar hayʼati tomonidan eng yaxshi deb topildi. Ularga “Best of the best from CEF” kubogi topshirildi.

“CEF” festivali 2019-06-13T23:19:39+00:00

TALENT SHOW 2018

2019-06-13T23:21:36+00:00

TALENT SHOW 2018 Joriy yilning 20-oktyabr kuni institutimizda birinchi bor “Talent Show” tadbiri boʻlib oʻtdi. Bu tadbirda institutning barcha talabalari gurux yoki yakkaxon tarzda oʻzlarining turli xil isteʼdodlarini namoyish etdilar. Xakamlar xayʼatini ustoz va murabbiylar tashkil etdilar. Talabalar vokal, cholgʻu asboblari, quvnoq va xazilona chiqishlar bilan oʻz isteʼdodlarini koʻrsatishdi.

TALENT SHOW 2018 2019-06-13T23:21:36+00:00