admin

About admin

This author has not yet filled in any details.
So far admin has created 61 blog entries.

Hamkorlik memorandumi

2019-06-13T22:47:34+00:00

Hamkorlik memorandumi Joriy yilning 18-may kuni Institutda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti oʻrtasida kadrlar tayyorlash, ilmiy izlanishlar va kelgusida turizm sohasini rivojlantirish maqsadida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Muzokaralar davomida oʻzaro tamonlar turizm sohasidagi qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish, talabalar bilan ishlash jarayonining samaradorligini va amaliy koʻnikmalarni oshirish, shuningdek, turizm sohasidagi eng yaxshi xalqaro tajribani oʻrganish va tatbiq etish boʻyicha birgalikdagi konferensiyalar, seminarlar, oʻquv kurslari, kadrlar tayyorlash borasidagi bilim sifatini oshirish xamda, institut bitiruvchilarini ishga joylashtirishda koʻmaklashish borasidagi masalalar muhokama qilindi. Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi davlat turizm  qoʻmitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan [...]

Hamkorlik memorandumi 2019-06-13T22:47:34+00:00

Muqobil energiya boʻyicha xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

2019-06-13T22:49:38+00:00

Muqobil energiya boʻyicha xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Joriy yilning 26-aprel kuni Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida “Muqobil energiya – Oʻzbekiston energetika tizimi taraqqiyotining istiqbolli yoʻnalishlaridan biri” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi. Mazkur anjuman 2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar doirasidagi qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari davlat Dasturini amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi yoqilgʻi-energetika tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5646-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-fevraldagi 133-F-sonli “2019-yilda oʻtkaziladigan xalqaro ilmiy [...]

Muqobil energiya boʻyicha xalqaro ilmiy-amaliy anjuman 2019-06-13T22:49:38+00:00

Tajriba almashinuvi

2019-06-13T22:51:16+00:00

Tajriba almashinuvi Joriy yilning 22 Aprel kuni institutning “Biznes boshqaruv” va “Muqobil energiya” taʼlim yoʻnalishlari masʼul hodimi U.Farmonov va talabalari Toshkent davlat yuridik universitetida “Oʻzbekistonda majburiy mehnatga barham berish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish masalalari” mavzusida yosh tadqiqotchilar ilmiy konferensiyasida ishtirok etishdi. Bahs-munozaralarga boy oʻtgan Yosh tadqiqotchilar ilmiy konferensiyasida institutimiz talabalari faol ishtirok etishdi va tadbir soʻngida tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi.

Tajriba almashinuvi 2019-06-13T22:51:16+00:00

“Kelajak Energiyasi” mavzusida davra suhbati

2019-06-13T23:10:00+00:00

“Kelajak Energiyasi” mavzusida davra suhbati Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida 2019-yilning 16-mart kuni “Kelajak energetikasi: muqobil energiya manbalari va ularning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi oʻrni” mavzusida soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbati tashkil etilishi rejalashtirilgan. Davra suhbatidan oʻrin olgan asosiy masalalar: Energetika tarmogʻini rivojlantirish va investitsiyaviy jozibadorligini oshirish boʻyicha 2017 - 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan vazifalar; 2017-2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi mazmun va mohiyati; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi yoqilgʻi-energetika tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan [...]

“Kelajak Energiyasi” mavzusida davra suhbati 2019-06-13T23:10:00+00:00

Xalqaro Ekspertlar tashrifi

2019-06-13T23:10:35+00:00

Xalqaro Ekspertlar tashrifi Joriy yilning 27-fevral sanasida Institutga Koreya Respublikasi Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning bir qator xalqaro ekspertlari, jumladan, xamlqaro “Dain Leaders” tashkiloti direktori janob Ryo Ku Xi (Ryoo Koo Hee), mazkur tashkilotning yetakchi mutaxassisi janob Lim Jin Xo (Lim Jim Ho) va xalqaro ekspert Jua Li (Juha Lee)lar tashrif buyurishdi. Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimiga xalqaro eʼtirof etilgan kredit tizimiga oʻtish masalalari, bu borada Institutda amalga oshirilgan ishlar, talabalarning mazkur tizimga moslashtirish masalalari, yuzaga kelgan turli darajadagi masalalar, shuningdek, Koreya Respublikasida kredit tizimining oʻziga xos xususiyatlari muhokama qilindi. Tashrif soʻngida har [...]

Xalqaro Ekspertlar tashrifi 2019-06-13T23:10:35+00:00

Koreyaning Yodju texnologiya universiteti professor-oʻqituvchilarining YTITga tashrifi

2019-06-13T23:11:13+00:00

Koreyaning Yodju texnologiya universiteti professor-oʻqituvchilarining YTITga tashrifi Joriy yilning 12-fevral sanasida Institutga Koreya Respublikasining Yodju texnologiya universiteti vitse-prezidenti janob Cheng Tay Yung boshchiligida koreyalik professor-oʻqituvchilardan iborat boʻlgan delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrifning dastlabki kunida Yodju texnologiya universitetining professor-oʻqituvchilari “Muqobil energiya”, “Biznesni boshqarish” va “Arxitektura va qurilish” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha institut tahsil olayotgan talabalari bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuvlarda professor-oʻqituvchilar institutda taʼlim olayotgan talabalarga Koreya Respublikasidagi taʼlim tizimi, YIT va YTIT da oʻquv jarayonidagi oʻxshashlik va farqlar, oʻquv jarayonlari xaqida maʼruza qildilar. Uchrashuv soʻnggida maʼruzalar boʻyicha institut talabalari va professor-oʻqituvchilarlar oʻrtasida qizgʻin savollar va javoblar boʻlib oʻtdi. Koreyalik [...]

Koreyaning Yodju texnologiya universiteti professor-oʻqituvchilarining YTITga tashrifi 2019-06-13T23:11:13+00:00

Muvaffaqiyat faktori

2019-06-13T23:13:10+00:00

Muvaffaqiyat faktori Joriy yilning 7-fevral kuni Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida “Muvaffaqiyat faktori” mavzusida Xusan Mamasaidov (deli.uz korxonasi rahbari) va Umidjon Ishmuxamedov (Edu-Action korxonasi asoschisi va rahbari) ishtirokida ochiq muloqot darsi boʻlib oʻtdi.

Muvaffaqiyat faktori 2019-06-13T23:13:10+00:00

Xalqaro universitetlarning hamkorligi boʻyicha seminar

2019-06-13T23:13:33+00:00

Xalqaro universitetlarning hamkorligi boʻyicha seminar Joriy yilning 26-yanvar kuni Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida Xalqaro oʻquv yurtlar orasida hamkorlikning oshirish toʻgʻrisidagi ilk rasmiy seminar boʻlib oʻtdi. Bu seminarda 4 ta Oʻzbekiston Respublikasidagi xalqaro oʻquv yurtlarining talabalar uyushmalari aʼzolari ishtirok etdilar. Seminarning asosiy maqsadi, oliy oʻquv yurtlar orasida hamkorlikni oshirish, aloqalarni mustahkamlash va birgalikda yangi loyihalar ustida ishlash va taʼlim jarayonida turli xil muammolarni bartaraf etish. Seminar mehmonlar tomonidan fikrlar aytilib tushlik bilan yakunlandi.

Xalqaro universitetlarning hamkorligi boʻyicha seminar 2019-06-13T23:13:33+00:00