Institut haqida

Institut haqida 2019-06-15T10:51:28+00:00

Be Smart, Be Skilled, Be Professional

Yeoju Technical Institute in Tashkent

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 22-24-noyabr kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifiga bagʻishlab oʻtkazilgan Koreya-Oʻzbek “Biznes-Forum”i doirasida, Koreyalik va Oʻzbekistonlik hamkorlar oʻrtasida Toshkent shahrida Yodju texnika institutini tashkil qilish haqida Memorandum imzolangan.

Imzolangan Memorandumga asosan 2018-yil 24-iyul sanasida Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan davlat litsenziyasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi muassasa maqomiga ega boʻldi.

Toshkent shahrida Yodju texnika institutining tashkil etilishi Respublikamizda yangi ish oʻrinlar yaratilishi bilan bir qatorda, taʼlim sektorida sogʻlom raqobat muhitining paydo boʻlishi, yoshlarning oʻzlari hohlagan va innovatsion yoʻnalishlar boʻyicha taʼlim olishi, taʼlim va sanoatning chambarchas bogʻlanishi, taʼlim va kadrlar sifatini oshishi, davlat byudjetiga tushumlarni koʻpayishi va byudjetdan qoplanadigan sarf xarajatlarni kamayishi va taʼlimga oid boshqa masalalarning ijobiy yechimiga olib keladi.

TA’LIM