2020-yil 11-mart kuni Toshkent shahridagi Yodju texnika institutiga yosh olimlar va talabalar bilan uchrashish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri oʼrinbosari Tuychiev Olimjon hamda Kolumbiya universiteti professori Аziza Shanazarova tashrif buyurishadi. Uchrashuvda ilm-fan sohasidagi yangiliklar, innovatsiyalar, shu jumladan dunyo ilm-fani holati hamda Oʼzbekiston ilm-fani holati masalalari muhokama qilinishi bilan bir qatorda, Kolumbiya universiteti professori Аziza Shanazarova oʼz tajribasi haqida yosh olimlar va talabalar bilan fikr almashinadi. Bundan takshqari vazir oʼrinbosari Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion vazirligining yoshlar bilan bogʼliq tashabbuslari haqida, shu jumladan startaplar, qanday qilib boshlash va startaplarni yuritish haqida soʼz yuritadi.

Аziza Shanazarova – Kolumbiya universitetining ilk oʼzbek professori, hamda tenure track pozitsiyasiga qabul qilingan birinchi oʼzbek professori hisoblanadi. Tenure track pozitsiyasiga professor va professor assistenti ishga olinib, ular bilan tuziladigan mehnat shartnomasi universitet maʼmuriyati tomonidan bekor qilinmaydi, yaʼni umrbod professor yoki professor assistenti lavozimi hisoblanadi.

Аziza Shanazarova Female religiosity and gender history in pre-modern Central Asia (Oʼrta asrlardagi Markaziy Osiyoda genderlik tarixi va ayollar dindorligi) mavzusida АQShning Indiana – Blumington universitetida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 2 ta yoʼnalishda (dinshunoslik va Markaziy Osiyo tarixi) PhD – falsafa fanlari doktori ilmiy darajasini olgan.

Uchrashuv 2020-yil 11-mart kuni, soat 15:00 da, Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti 109-auditoriyasida boʼlib oʼtadi. Qiziqish bildirgan barcha talabalarni hamda institut xodimlarini uchrashuvda kutib qolamiz.

2020-03-10T17:43:15+00:00