Xabarnoma

TOSHKENTDAGI YOJU TEXNIKA INSTITUTI

Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi

OLIMLARNI

“Innovatsion ta`lim, san`at, diplomatiya”

MAVZUSIDAGI  XALQARO ILMIY- AMALIY ANJUMANDA ISHTIROK ETISHGA TAKLIF QILADI

Anjuman 2020 yil 24 aprelda bo`lib o`tadi

 

Anjumanda quyidagi muammolar muhokama qilinadi:

(Anjumanning  muammolar maydoni):

-Innovatsion ta`lim: tabiiy fanlar;  aniq fanlar

-Ta`lim va pedagogikada innovatsiya

-Davlat qurilishi, siyosat va diplomatiyada san`atning roli

-San`at, arxitektura va dizayn innovatsion ta`lim muhitini yaratish vositasi sifatida

-San`at, psixologiya (ruhshunoslik) va innovatsiya

-Innovatsion ta`lim, ijodiy fikrlash va jaimyatni kompyuterlashtirish

-San`at madaniyatlararo aloqalar vositasi sifatida

– San`at, biznes, innovatsiya

-Ta`lim jarayonida an`anaviy  va innovatsiyon usullar

Anjuman materiallari to`plam shaklida nashr ettiriladi.

Anjuman tillari: o`zbek, rus, ingliz.

Maqolalar o`zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.

Maqolalarni rasmiylashtirish uchun qo`yilgan talablar:

-Maqolani hajmi, adabiyotlar ro`yxati bilan, besh sahifadan kam bo`lmasligi lozim;

-Matn va adabiyotlar ro`yxatini formati: fayl MSWord DOS (2007 yil versiyasi);

Shrift Times New Roman; o`lchami 14, satrlar oralig`i(interval) 1,5; sahifaning hamma tomonidan  2 sm dan hoshiya  qoldiriladi;

-Matndagi havolalar kvadrat qavslarda beriladi, masalan ,;

-Adabiyotlar ro`yxati matn oxirida “Adabiyotlar” sarlavhasi ostida joylashtiriladi; manbalar alfavit tartibida, raqmlangan shaklda  joylashtiriladi.

Maqolalarni 2020 yil 15 martgacha , elektron shaklda quyidagi manzilga jo`nating:

Toshkentdagi YODJU texnika instituti (ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi).

Nashr etish narxi –

Rasmiylashtirish talablariga javob bermaydigan maqolalar qabul qilinmaydi.

Tashkiliy qo`mita: O`zbekiston, Toshkent, Toshkentdagi YODJU texnika instituti, koreys filologiyasi fakulteti, ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi.

Maqolalarni rasmiylashtirish namunasi:

1 satr (qora): Muallifni familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari- “sarlavha” stilida, joylashuvi o`ng tomonda

2 satr (qora): Ish joyi, shahar – “oddiy” stilda, joylashuvi o`ng tomonda

3 satr bo`sh –interval

5 satr (qora): Maqola nomi-“sarlavha” stilida, joylashuvi o`rtada

6 satr: Maqolani annotatsiyasi, oraliq bilan, agar  maqola o`zbek tilida bo`lsa, rus va ingliz tillarida. Agar maqola rus tilida bo`lsa, annotatsiya   o`zbek va ingliz tillarida, ingliz tilida bo`lsa  rus va o`zbek tillarida beriladi.

Kalit so`zlar: kamida 15 tadan so`z, uch tilda

Maqola matni kalit so`zlardan so`ng,  intervalsiz, sahifa eni bo`ylab joylashtiriladi.

Matndagi havolalar kvadrat qavslarda beriladi, masalan ,, agar havola elektron manzilga ega bo`lsa, uning adabiyotlar ro`yxatidagi raqami ko`rsatiladi.

Matn oxirida, satr markaziga “Adabiyotlar” so`zi  yoziladi. Adabiyotlar ro`yxati alfavit tartibida joylashtiriladi.

2020-03-10T17:44:01+00:00