2020 yil 8-fevral kuni “Liboslar Dizayni” ta’lim yo’nalishi talabalari Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida “Birinchi qadam” deb nomlangan moda namoyishini o’tkazdilar. Ushbu tadbir O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan besh tashabbus bo’yicha ushbu vazifalarni amalga oshirish doirasida bo’lib o’tdi. Modalar namoyishi birinchi tashabbusga muvofiq talabalarning ijodiy g’oyalarini qo’llab-quvvatlash va kasbiy mahoratini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi (Yoshlarning musiqa, rasm, adabiyot, teatr va boshqa san’at turlariga qiziqishini oshirish).
Ushbu tadbirda liboslar dizayni ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabalari sport uslubidagi birinchi to’plamlarini namoyish etishdi, ya’ni 1-semestrdagi yakuniy imtihon uchun maxsus tayyorlangan sport kapsulalarining namunaviy ko’rgazmasi. Tadbirda milliy va tarixiy bezaklarni hisobga olgan holda badiiy ifoda vositalari, yosh dizaynerlarning ijodga individual yondoshuvi va zamonaviy tendentsiyalarni o’zida mujassam etgan maxsus ko’rgazma muhiti hukmronlik qildi.
Ushbu ijodiy tadbirni “Liboslar dizayni” yo’nalishi rahbari olib bordi. Tadbir so’nggida keyingi ko’rgazmalarda avangard bilan yanada murakkab va noan’anaviy uslubni, shuningdek, xalqaro shoularga chiqa oladigan milliy elementlarni ko’rish mumkinligini ta’kidlandi.

2020-02-26T18:20:47+00:00