2019 yilning 4 yanvar kuni Oʼzbekistondagi Rus madaniyati markazida «Rus tili va adabiyotni oʼqitishda yangi texnologiyalarni qoʼllash» mavzusida ilmiy-amaliy seminar boʼlib oʼtdi. Unda Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti «Rus tili» kafedrasi oʼqituvchilari ham ishtirok etishdi.

Institut professor – oʼqituvchilari Oʼzbekistondagi Rus madaniyati markazi raisi S.Mironov va Rus tili markazi rahbari, professor А.Sheremeteva tomonidan «Rus tili va adabiyotni oʼqitishda yangi texnologiyalarni qoʼllash» boʼyicha malaka oshirish kurslarini oʼtaganlik haqida sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

2020-01-04T20:03:10+00:00