Joriy yilning 19 va 20 dekabr kunlari Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida “Ochiq eshiklar kuni” va “Koreyada taʼlim koʼrgazmasi” tadbirlari boʼlib oʼtdi. Tadbirda abiturientlar va ularning ota-onalariga Institutda bugungi kunda mavjud taʼlim yoʼnalishlari, uning faoliyati, mavjud moddiy-texnik baza, axborot-resurs markazi fondi, professor-oʼqituvchilar tarkibi, oʼqitilayotgan fanlar va ularning oʼziga xos xususiyatlari, talabalar oshxonasi, institutga qabul jarayoni hamda kirish imtixoni haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, ishtirokchilarga chet el OTMlari mavjud boʼlgan hamda bugungi kunda mazkur institutda joriy etilgan “kredit tizimi” haqida ham toʼliq axborot berildi. Institut talabalri “Koreyada taʼlim koʼrgazmasi” ikki tomonlama diplom berish “2+2” dasturi xaqida maʼruzalar oʼtildi va Janubiy Koreyaning nufuzli Xanyang Erika, Choson, Chondju va Chungchong universitetlarining vakillari talabalarning barcha ikki tomonlama diplom berish dasturi xaqida savollariga javob berishdi.

2019-12-24T18:52:10+00:00