YTIT qoshidagi Xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti 2019 yil 13-dekabr kuni “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining malakali psixologi Xojimuhamedova Dilbar Rixsibaevna bilan psixologik uchrashuv o’tkazdi. U xalqaro miqyosda tasdiqlangan amaliy psixolog, art-terapevt va O’zbekiston Respublikasi Psixologlar uyushmasining a’zosi. Trening kun tartibiga ko’ra, “Oila muammolari” mavzusi bo’ldi. Turli xil psixologik mashg’ulotlar o’tkazildi, ularda 50-60 nafar talaba qizlar ishtirok etdilar. Uchrashuvning eng muhim qismi “savol-javoblar qismi” bo’ldi. Talabalar o’zlari uchun eng muhim bo’lgan mavzular bo’yicha savollar berishdi. Turli xil sahna ko’rinishlari va talabalarning seminarga bo’lgan chuqur qiziqishlari uchrashuvni o’ziga xos ekanligini yana bir bor tasdiqladi. Seminar barcha ishtirokchilar tomonidan juda amaliy va foydali deb baholandi va yaqin kelajakda yana shu kabi tadbir va seminarlar uzluksiz ravishda tashkillashtirilishi rejalashtirildi.

2019-12-16T17:19:58+00:00