2019 yil 12 dekabr kuni Toshkent shahridagi Yodju texnik institutida o’quv-laboratoriya majmuasining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda mamlakatning yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, vazirlik va xamkor tashkilotlar vakillari, hamda OAV muhbirlari ishtirok etdilar.
Qizil lentani kesish marosimi uchun ramziy sana 12-dekabr kuni soat 12:12:12 belgilandi.
Tadbir jarayonida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan, ilm fan va innovatsiyalar soxasida, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Koreyaning “PLAN BEST ENERGY” kompaniyalari bilan “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” sohasida o`zaro hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Mehmonlarga “Muqobil energiya” ta’lim yo’nalishi talabalari tomonidan quyosh, shamol va vodorod energiyalarini olish va tahlil qilish namoyish etildi

2019-12-13T01:14:42+00:00