“Taʼlim jarayoniga yangi taʼlim dasturlari, zamonaviy pedagogik va aqlli texnologiyalarni joriy etish orqali taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy seminar

Joriy yilning 18-19 noyabrida Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida Yevropa Ittifoqining Erasmus + Dasturining Oʼzbekistondagi milliy ofisi bilan hamkorlikda tashkil etiladigan “Taʼlim jarayoniga yangi taʼlim dasturlari, zamonaviy pedagogik va aqlli texnologiyalarni joriy etish orqali taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy seminar boʼlib oʼtdi.
Mazkur xalqaro ilmiy seminarda Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi, Erasmus+ milliy ofisi, loyiha koordinatorlari, oʼqituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va talabalar ishtirok etdi.
Ilmiy seminar maʼruzachisi shved olimasi, doktor Ebba Ossiannilsson tinglovchilarga yangi taʼlim dasturlar, zamonaviy pedagogik va smart texnologiyalarni taʼlim jarayonida keng qoʼllanilishi borasida maʼruza qildi.
Seminar davomida taʼlimni rivojlantirishning dolzarb masalalari, innovatsion yondashuvlar, ilmiy izlanuvchilar, oʼqituvchilar, loyihalarni ishlab chiqish uchun loyiha koordinatorlari, ilmiy maqolalar va dissertatsiya yozish, shuningdek analitik tizimlar, jahon elektron jurnallarda nashriyotlar kabi masalalar muhokama qilindi.

2019-11-21T17:54:35+00:00