Hamkorlik memorandumi

Joriy yilning 18-may kuni Institutda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti oʻrtasida kadrlar tayyorlash, ilmiy izlanishlar va kelgusida turizm sohasini rivojlantirish maqsadida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Muzokaralar davomida oʻzaro tamonlar turizm sohasidagi qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish, talabalar bilan ishlash jarayonining samaradorligini va amaliy koʻnikmalarni oshirish, shuningdek, turizm sohasidagi eng yaxshi xalqaro tajribani oʻrganish va tatbiq etish boʻyicha birgalikdagi konferensiyalar, seminarlar, oʻquv kurslari, kadrlar tayyorlash borasidagi bilim sifatini oshirish xamda, institut bitiruvchilarini ishga joylashtirishda koʻmaklashish borasidagi masalalar muhokama qilindi. Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi davlat turizm  qoʻmitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan sayyoxlar orasida, ijtimoiy tadqiqotlar va soʻrovnomalar, xalqaro standartlarga muvofiq statistika tizimini shakllantirish, kabi tadbirlarda volontyorlik faoliyatini olib borishda institutni jalb etish masalalari ham muxokama markazida boʻldi.

Boʻlib oʻtgan muhokamalar yakunida Toshkent shaxridagi Yodju texnika instituti va Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi oʻrtasida “Hamkorlik memorandumi” imzolandi.

Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Usmon Nosir koʻchasi, 156

info@ytit.uz tel: (+998 78) 129-40-40 (115) Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi A.K. Aripov

2019-06-13T22:47:34+00:00