Tajriba almashinuvi

Joriy yilning 22 Aprel kuni institutning “Biznes boshqaruv” va “Muqobil energiya” taʼlim yoʻnalishlari masʼul hodimi U.Farmonov va talabalari Toshkent davlat yuridik universitetida “Oʻzbekistonda majburiy mehnatga barham berish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish masalalari” mavzusida yosh tadqiqotchilar ilmiy konferensiyasida ishtirok etishdi. Bahs-munozaralarga boy oʻtgan Yosh tadqiqotchilar ilmiy konferensiyasida institutimiz talabalari faol ishtirok etishdi va tadbir soʻngida tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi.

2019-06-13T22:51:16+00:00