Xalqaro Ekspertlar tashrifi

Joriy yilning 27-fevral sanasida Institutga Koreya Respublikasi Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning bir qator xalqaro ekspertlari, jumladan, xamlqaro “Dain Leaders” tashkiloti direktori janob Ryo Ku Xi (Ryoo Koo Hee), mazkur tashkilotning yetakchi mutaxassisi janob Lim Jin Xo (Lim Jim Ho) va xalqaro ekspert Jua Li (Juha Lee)lar tashrif buyurishdi.

Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimiga xalqaro eʼtirof etilgan kredit tizimiga oʻtish masalalari, bu borada Institutda amalga oshirilgan ishlar, talabalarning mazkur tizimga moslashtirish masalalari, yuzaga kelgan turli darajadagi masalalar, shuningdek, Koreya Respublikasida kredit tizimining oʻziga xos xususiyatlari muhokama qilindi.

Tashrif soʻngida har ikki tomon ham kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida kelishib olishdi.

2019-06-13T23:10:35+00:00