Koreyaning Yodju texnologiya universiteti professor-oʻqituvchilarining YTITga tashrifi

Joriy yilning 12-fevral sanasida Institutga Koreya Respublikasining Yodju texnologiya universiteti vitse-prezidenti janob Cheng Tay Yung boshchiligida koreyalik professor-oʻqituvchilardan iborat boʻlgan delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrifning dastlabki kunida Yodju texnologiya universitetining professor-oʻqituvchilari “Muqobil energiya”, “Biznesni boshqarish” va “Arxitektura va qurilish” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha institut tahsil olayotgan talabalari bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuvlarda professor-oʻqituvchilar institutda taʼlim olayotgan talabalarga Koreya Respublikasidagi taʼlim tizimi, YIT va YTIT da oʻquv jarayonidagi oʻxshashlik va farqlar, oʻquv jarayonlari xaqida maʼruza qildilar. Uchrashuv soʻnggida maʼruzalar boʻyicha institut talabalari va professor-oʻqituvchilarlar oʻrtasida qizgʻin savollar va javoblar boʻlib oʻtdi. Koreyalik professor-oʻqituvchilarning institutga tashrifi davom etmoqda.

2019-06-13T23:11:13+00:00