“Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlimni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi anjuman

Joriy yilning 21-dekabrida Yodju Texnika Institutida “Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlimni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi HEREs anjumani boʻlib oʻtdi.
Anjumanda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Erasmus + Milliy ofisi, HEREs, loyiha koordinatorlari, oʻqituvchilar, doktorantlar va talabalar ishtirok etdi.
Maʼlumot uchun: Tempus/Erasmus+ dasturining qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan Oliy taʼlim boʻyicha mutaxassislar milliy jamoasi (Oliy taʼlim islohotlari boʻyicha mutaxassislar – HEREs) ning asosiy vazifasi Respublikaning oliy taʼlim tizimining rivojlanishi, shuningdek 48 ta ishtirokchi mamlakatlarda Boloniya jarayonining rivojlanish tajribasi haqida maʼlumot tarqatishdir.
Boloniya jarayonining asosiy vazifasi, oliy taʼlim olish imkoniyatini kengaytirish, Yevropa oliy taʼlimining sifati va jozibadorligini yanada yaxshilash, talabalar va oʻqituvchilarning bilim darajasini oshirish, shuningdek, OTM bitiruvchilarini mehnat bozoriga yoʻnaltirilgan oʻquv rejalari, ilmiy darajalari va malakalari orqali ishga joylashtirishdir.
Anjumanda davomida oliy taʼlimni rivojlantirishning dolzarb masalalari, innovatsion yondashuvlar, doktorantlar, oʻqituvchilar, loyihalarni ishlab chiqish uchun loyiha koordinatorlari, ilmiy maqolalar va dissertatsiyalarni yozish, shuningdek, analitik tizimlar, global electron jurnallarda nashriyotlar kabi masalalar muhokama qilindi.

2019-06-13T23:14:34+00:00