Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida Uzluksiz taʼlim markazi oʻz faoliyatini boshladi

Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti abituriyentlar va kasb-hunar kolleji, akademik litsey va maktab oʻquvchilariga institutning kirish imtihonlari uchun tayyorlov kurslari boshlanganini eʼlon qiladi. Tayyorlov kurslari quyidagi fanlardan olib boriladi:

  • Ingliz tili;
  • Matematika;
  • Fizika.

Darslar haftasiga 3-marta 120 daqiqadan rus va oʻzbek tillarida olib boriladi.

Har bir dars mashgʻulotlari uchun oylik toʻlov 500 000 soʻmni tashkil etadi.

Tayyorlov kurslari 6 oy davom etadi.

Shuningdek, abituriyent 2 va undan ortiq fanlardan oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etsa, chegirmaga ega boʻladi.

Masalan, ingliz tili va fizika fanlari boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari uchun oylik toʻlov 800 000 soʻmni tashkil etadi.

Darslar  uchun oylik toʻlov har bir fan uchun 300 000 soʻmni tashkil etadi. Shuningdek, agar siz 2 va undan ortiq fanlardan oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etsangiz, chegirmaga ega boʻlasiz.

Masalan, rus tili va fransuz tili fanlari boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarida ishtiroki uchun oylik toʻlov 500 000 soʻmni tashkil etadi.

Tayyorlov kurslari boʻyicha savollaringiz boʻlsa, institutning Uzluksiz taʼlim markaziga murojaat qilishingiz mumkin.

Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti qoshidagi tayyorlov kurslari qatnashchisi boʻlib, siz quyidagi imtiyozlarga ega boʻlasiz:

  • Oʻquv kursi yakunidagi test sinovlarida matematika yoki fizika va ingliz tili fanlarining har biridan muvaffaqiyatli natijaga erishgan qatnashchilar Toshkent shahridagi Yodju texnika institutiga kirish imtihonlaridan ozod etilib, kontrakt asosida talabalikka qabul qilinadi.
  • Tayyorlov kurslari qatnashchilari Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti inshootlaridan foydalanishlari mumkin.

Bundan tashqari, siz quyidagi fanlar boʻyicha tayyorlov kurslarida ishtirok etishingiz mumkin:

  • Rus tili;
  • Koreys tili;
  • Nemis tili;
  • Fransuz tili;
  • Oʻzbek tili;
  • Kompyuter kurslari.
    Darslar haftasiga 3-marta 120 daqiqadan rus va oʻzbek tillarida olib boriladi.

Manba Kun.uz

2019-06-14T11:34:24+00:00