Yodju texnologiya instituti prezidenti bilan uchrashuv

Joriy yilning 29-noyabr sanasida Koreya Respublikasining Yodju texnologiya instituti prezidenti janob Chun Tay Kyung institutimizda tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuv davomida janob Kyung Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi davlatlari oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli xamkorlik doirasida ikki mamlakat taʼlim jarayoni haqida, institut taʼlimida kredit tizimi haqida mazmunli maʼruza qildilar. Uchrashuvda talabalar oʻzlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan janob KYUNG bilan oʻzaro fikr almashishdi. Mazkur uchrashuv juda qizgʻin ruhda boʻlib oʻtdi.

2019-06-13T23:18:39+00:00