Toshkent shahridagi Britaniya Kengashi vakillarining tashrifi

Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti rektori, i.f.d., professor A.V.Vaxobov taklifiga binoan 2018-yilning 26-noyabr kuni Toshkent shahridagi Britaniya Kengashi (British Council)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi direktori Reychel Irilend (Rachel Ireland) xonim tashrif buyurdi. Tashrif dastavalida Institut rektori A.V.Vaxobov Oʻzbekistonda oliy taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar, ulardan kutilayotgan natijalar, shuningdek, Toshkent shahridagi Yodju texnika institutining tashkil etilishi bilan bogʻliq amalga oshirilgan ishlar, Institut taʼlim yoʻnalishlari, oʻqishga qabul qilish jarayoni, hozirda oʻqitilayotgan fanlar, xorijiy tillarga qaratilayotgan eʼtibor va ularni oʻqitishda joriy etilgan metodlar haqida batafsil toʻxtilib oʻtdilar. Britaniya Kengashi (British Council)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi direktori Reychel Irilend (Rachel Ireland) xonim Institut rektoriga taklif uchun alohida minnatdorchilik bildirgan holda, mamlakatda taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan chora–tadbirlar, mazkur jarayonning xalqaro eʼtiroflari haqida, shuningdek, Institutda yaratilgan sharoitlar, taʼlim yoʻnalishlari va jarayoni haqida soʻz yuritdilar.
Tashrifning amaliy jihati sifatida Reychel Irilend (Rechal Ireland) xonim Institut maʼruzalar zaliga, oʻquv auditoriyalariga, ARM faoliyati bilan tanishib juda yaxshi tasavvurga ega boʻldidar.
Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti hamda Britaniya Kengashi (British Council)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi kelgusida ikki tomonlama keng va mafaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish borasida kelishib olishdi.

2019-06-13T23:18:06+00:00