Kimchi Festivali

21-noyabr kuni Toshkentda Koreya xalqaro qishloq xoʻjaligi loyihasi (KOPIA) ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etilgan kimchi festivali boʻlib oʻtdi.
Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi, Oʻzbekiston Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Oʻzbekistondagi Koreya taʼlim markazi, Oʻzbekistondagi KOICA, Oʻzbekistondagi koreys rezidentlari uyushmasi, Koreya madaniyat markazlari uyushmasi, Oʻzbekiston OTMlari oʻqituvchilari va talabalari, shu jumladan Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti.
Festival davomida koreys retsepti boʻyicha tashkilotchilar kimchi taomlarini tayyorlashda kichik mahorat darslari oʻtkazdilar. Koreyaliklar kimchi qilish uchun armut, olma, zanjabil va dengiz mahsulotlarini ishlatishilishini taʼkidlab oʻtidlar.
Mahorat mashgʻulotidan soʻng volontyorlar yordamida kimchi tayyorlandi. Tashkilotchilar barcha zarur masalliqlarni – 1,5 tonna karam va 500 kg turli toʻgʻramalar tayyorladilar.
Festival mehmonlari va ishtirokchilariga Koreya anʼanaviy guruchli ttok va makolli sharobini tatib koʻrish taklif etildi. Shuningdek, ishtirokchilar kabobni ichib koʻrishlari mumkin edi.

2019-06-13T23:20:25+00:00