“CEF” festivali

Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida, “Arxitektura va shaharsozlik”, “Qurilish”, “Muqobil energiya” va “Turizm” taʼlim yoʻnalishlari guruhlari orasida QVZ (CEF) festivali boʻlib oʻtdi. Eng qiziqarli va xushchaqchaq unvoni uchun 4 ta jamoa kurash olib bordi. Jamoalar bir-birlariga keskin hazillar bilan hujum qilib, raqiblarning zarbalarini parchalab, ularning asosiy quroli hazil ekanligini yana isbotlashdi.
Gʻoliblikni “Turizm” taʼlim yoʻnalishi jamoasi qoʻlga kiritdi. Toʻrt qismli sinovdan iborat boʻlgan – salomlashish, biatlon, musiqiy tanlov va sardorlar bellashuvi natijalariga koʻra ular Hakamlar hayʼati tomonidan eng yaxshi deb topildi.
Ularga “Best of the best from CEF” kubogi topshirildi.

2019-06-13T23:19:39+00:00