Global tadbirkorlik haftaligi

Mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishida tadbirkorlik subyektlari faoliyati juda muhim oʻrin tutadi. Respublikamiz boʻylab oʻtkazilgan “Global tadbirkorlik haftaligi” tadbiri Oʻzbekistonda milliy tadbirkorlik eko tizimini yaratish, yurtimizga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, chet el sarmoyadorlarini Respublikamizda yaratilgan ishbilarmonlik muhiti bilan yaqindan tanishtirish yoʻlida muhim ahamiyat kasb etdi.
Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi hamda hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu “Global tadbirkorlik haftaligi” tadbiri doirasida joriy yilning 16-noyabr sanasida Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida 200 ga yaqin talabalar ishtirokida tadbirkorlik sohasida koʻp yillik tajribaga ega mutaxassislar tomonidan “Shaxsiy biznesni tashkil etish”, “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” va “Arbitraj va mediatsiya” mavzularida ochiq mahorat darslari olib borildi.

2019-06-13T23:20:56+00:00