Ochilish bayrami

Bugun – 15-oktyabr kuni poytaxtimizda joylashgan Yodju texnika institutining kampusini tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ochilish marosimida Koreya elchixonasi vakillari, Koreya Respublikasining Yodju texnologiya instituti rahbarlari va professorlari, OAV vakillari, talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Toshkent shahridagi Yeoju texnika institutining tashkil etilishi Respublikamizda yangi ish oʻrinlar yaratilishi bilan bir qatorda, nodavlat va davlat taʼlim sektori oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitining paydo boʻlishi, yoshlarning oʻzlari xohlagan va innovatsion yoʻnalishlar boʻyicha taʼlim olishi, taʼlim va sanoatning chambarchas bogʻlanishi, taʼlim va kadrlar sifatini oshishi, davlat byudjetiga tushumlarni koʻpayishi va byudjetdan qoplanadigan sarf xarajatlarni kamayishi va taʼlimga oid boshqa masalalarning ijobiy yechimiga olib keladi.

2019-06-13T23:22:16+00:00